Breaking News

San-Fransiskoda ijara qimmat


San Fransisko ko'chmas mulk bozorida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:37 0:00

San Fransisko ko'chmas mulk bozorida

San-Fransiskoda turar-joy narxi keskin ko’tarilgan. Iqtisodiyot o’sishi va yuqori texnologiya sohasi gullab-yashnashining oqibati bu. Lekin tarixiy xitoy shaharchalari azaldan narx-navo oshishiga bo’yin egmay keladi.

Ba’zi mahallalarda ijara haqi oshib ketganidan odamlar to’lolmay qolgan. Ularni haydab solishayapti.

Kaliforniyaning Okland shahridan San-Fransiskogacha narxlar osmon. Texnologiya kompaniyalari mo’may daromad qilib, ana shunday muhitni yaratdi.

“Uy egalari biladiki, odamlar oyiga 3-4 ming dolar to’lashga qodir. Chunki sohada pul bor. Arzon uylar qolmayapti”, - deydi Erin Makelroy, faol.

Turizm ham gurkiramoqda. Oqibatda mehmonxonalar, ijaraga berilgan joylar, ofislarga talab ortgan.

Tarixiy xitoy shaharchasi shundoq moliyaviy markazlar biqinida. Lekin ularga bo’yin egmay, hududini boy bermay keladi. Mana bu imorat 1970-yillarda qattiq talashib-tortishishga sabab bo’lgan. Faollarning sa’y-harakati bilan tarixiy mahalla saqlab qolindi.

“1986-yilgi mana shu rejaning sharofati bilan xitoy shaharchasi omon qoldi. Imoratlar ustiga imorat ko’tarish man qilindi. Bu mahalladan muayyan maqsadlarda foydalanish taqiqlandi. Shuning uchun ham sarmoyadorlar bu yerdan joy sotib olishga qiziqmadi”, - deydi Malkolm Yang.

Okland shahrida turar-joy ijarasi uch oyga muzlatib qo’yildi. San-Fransiskoda ham shunday qilish, kam ta’minlangan fuqarolarga yordam bo’ladi, deydi faollar.

"Ko’p pul qilmayotganlar ham bor-ku. Narxlar oshganidan ana shular eng ko’p ziyon ko’rayapti”, - deydi Sasha Magi.

Biroq faollar arenda ko’tarilishi bilan olishish oson emasligini tushunadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG