Breaking News

Haj nihoyatda kuchli xavfsizlik choralari ostida o'tmoqda


Hiro g'ori ichida iboda
Hiro g'ori ichida iboda

Butun dunyodan Saudiya Arabistoniga kelgan qariyb 2 million musulmon besh kunlik ziyoratni boshladi. Xavfsizlik choralari nihoyatda kuchli. O'tgan yili haj Makkada 2000 odam nobud bo'lgan.

Xavotirlar

"Arab News" axborot agentligiga ko'ra, so'nggi haftalarda salomatlik va xavfsizlik yuzasidan 1000 dan ziyod trening tashkil qilingan. Makka, Madina, Arofat va Minada 26000 tibbiyot, texnologiya va boshqa sohalar mutaxassislari hamda 175 ta tez yordam mashinasi ishlamoqda. Strategik joylarda 1000 dan ziyod kamera o'rnatilgan. Marosim doimiy kuzatuvda.

Ziyoratchilarning bariga suv o'tmaydigan elektron bilak uzuklar berilgan. Ularda maxsus kod bo'lib, shaxsiy ma'lumot, shu jumladan ziyoratchi salomatligiga oid informatsiya saqlanadi, va zarurat paydo bo'lganida, masalan u odam jarohatlansa yoki betob bo'lib qolsa, darhol kompyuter ekraniga chiqariladi.

Iyul oyida Madinada Muhammad Payg'ambar dafn etilgan joy yaqinida uch xudkush terrorchi o'zini portlatgan edi. Xurujlar uchun mas'uliyatni hech bir terrorchi guruh o'z zimmasiga olmagan. Qirollik terrorchilar "Islomiy davlat" mafkurasidan ilhomlangan shaxslar deya xulosa qilgan. Oqibatda nihoyatda kuchli choralar ko'rishga kirishildi.

Bu yili ziyoratchilarga beriladigan vizalar soni cheklandi. Mehmonlar ruxsatnomani o'zi bilan doim olib yurishi shart. Politsiya tekshiruv puntklarini ko'paytirgan va muqadddas joylarga kirib-chiqayotganlarni muntazam ravishda tekshirib turibdi. Qoidalarni buzganlar qattiq jazolanadi.

Haj islom dinidagi besh farzdan biri bo'lib, moliyaviy imkoniyatga ega va jismoniy jihatdan qodir har bir musulmon erkak va ayol umrida kamida bir marta haj ibodatini ado etishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG