VIRJINIYA —
Amerikada ham shu kunlarda bitirish marosimlari… Bu yil Virjiniya shtatida oliygohni tugatganlar orasida 70 yoshli bir inson bor. Mag’rur va optimist bitiruvchi.
Bir necha yil oldin bo’lganida balki uni boshqalardan ajratolmasdingiz. Bugun Jerri Ridni darrov ko’rasiz.
70 yoshli Rid Virjiniya universitetini (University of Virginia) bitirdi. Tanishib yoshini tezda unutasiz.
Barda uni tanimagan yo’q. Rid - talabalar klubi a’zosi. Obro’si juda baland.
“70 yoshli tanishlarimning eng ajoyibi”, - deydi kursdoshi.
Jerri Rid universitetda sport ishqibozlari klubining shijoatli vakillaridan edi. Unga talpinishadi.
Kursdoshlar u bilan istagan mavzuda gaplashish mumkin.
20 yoshida Jerri Rid “yoshlik – beboshlik” shiori bilan yashardi. O’shanda do’sti Virjiniya universitetida bayramga taklif qilgan.
“Do’stim Bill Sturman menga tanbeh berib, o’yinqaroqlikni yig’ishtir, odam bo’lmaysan, degani esimda. O’qishga kir, deb maslahat bergan edi”, - deydi Rid.
1963-yilda bo’layotgan ish bu. 48 yil o’tib Rid o’sha maslahatga yurdi. 2011-yilda o’qishga kirdi.
Bitiruv imtihonida u Fuqarolik urushi qahramoni, general Stounvel Jekson haqida so’zlab berdi.
Jerri Ridni Virjiniya universitetidagilar eslab yuradi, deydi professor Lyuk Rayt:
“18-21 yoshli kursdoshlariga saboq bu: 40 yoshda hayotni yangidan boshlash mumkin”.
“Tugallanmagan ishga qaytish mumkin, hech vaqt umidsiz bo’lmang. O’qishga, ishga yana qaytib, oxiriga yetkazing. Men aynan shunday yo’l tutdim”, - deya maslahat beradi Jerri Rid.
O’qishlar bitib, u rafiqasi bilan endi tanaffus qilmoqchi. Oradan biroz vaqt o’tgach magistraturaga hujjat topshirmoqchi.