Breaking News

Suriyada saylov 4 yildan keyin o’tkazilishi mumkin


Ahmad Sharaa, "Hayat Tahrir ash-Shom" tashkilotining rahbari, Suriyada hukmronlik qilayotgan shaxs
Ahmad Sharaa, "Hayat Tahrir ash-Shom" tashkilotining rahbari, Suriyada hukmronlik qilayotgan shaxs

Suriya rahbari Ahmad Sharaa Saudiya Arabistonining Al-Arabiya telekanaliga bergan intervyusida Suriyada saylov hali-beri bo’lmasligini aytdi.

Xalqaro hayot - 30-dekabr, 2024-yil - AQShda sobiq prezident Jimmi Karter 100 yoshda vafot etdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:56 0:00

Unga ko’ra, buning uchun avval fuqarolar urushidan zarar ko’rgan mamlakat infratuzilmasini tiklash, qochqinlarni Suriyaga qaytarish kerak. Bunga esa, Sharaa nazarida, 4 yil vaqt ketishi mumkin.

“Suriyada saylov infratuzilmasi oqsamoqda. Uni tiklashimiz kerak. Suriyani 15 milliondan ziyod odam tark etgan. Suriya aholisi qanchaligini hozircha hech kim aniq bilmaydi. Saylovchilar ro’yxatini yangilash kerak”, - deydi u.

Sharaaga ko’ra, yangi konstitutsiyani tayyorlashga, tuzatishlarga ham 2-3 yil vaqt ketishi mumkin.

Biroq yillar davomida al-Qoidaga aloqador tashkilot a’zosi bo’lgan Sharaa yangi Suriyada qanday tizim hukm surishini aniqlashtirmadi.

U milliy muloqot anjumani o’tkazilib, oldin “Jabhat an-Nusra”, hozir esa “Hayat Tahrir ash-Shom” deb nomlanuvchi tashkiloti tarqatilishini bildirdi, ozchilikdagi guruhlar himoya qilinishini aytdi.

"Biz davlat quramiz, inqilobni eksport qilmaymiz. Hozirgi bosqichdan inqilob emas, davlat mentaliteti bilan o’tmoqchimiz”, - deydi Sharaa.

So’nggi kunlarda ko’p mamlakatlardan rasmiylar Damashqda bo’lib, Sharaa uchrashdi, iqtisodiy yordam taklif etdi, hatto uch yildan beri boshi urushdan chiqmayotgan Ukraina ham.

Suriya rahbari Rossiya bilan aloqalar umumiy manfaatlarga xizmat qilishi kerakligini aytdi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriyadagi rus harbiy bazalarining kelajagi Damashqdagi yangi rahbariyat bilan muhokama etilishini bildirgan.

Sharaa AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ma’muriyati mamlakatiga qo’yilgan sanksiyalarni bekor qilishiga umid qildi. Vashington yaqingacha AQShning qidiruvga berilgan terrorchilar ro’yxatidan joy olgan Sharaaning boshi uchun va’da qilingan 10 million dollarlik mukofot pulini bekor qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG