Breaking News

Arab Ligasi Assaddan hokimiyatdan ketishni so'ramoqda


Arab Ligasi qarorgohi. Suriya o'rni bo'sh.
Arab Ligasi qarorgohi. Suriya o'rni bo'sh.
Kecha Qatar poytaxti Dohada Arab Ligasiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashib, Assaddan ketishni so’ragan. Mintaqa davlatlari suriyalik qochqinlar ehtiyojlari uchun 100 million dollar ajratishga kelishgan.

Arab davlatlari Suriya prezidenti Bashar al-Assad hokimiyatdan ketsa, uning uchinchi davlatga o’tishiga to’sqinlik qilmasligini bildirmoqda.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning aytishicha, o’tgan yil mart oyida Assadga qarshi isyon boshlanganidan beri mamlakatda 17 ming odam nobud bo’lgan.

Inson huquqlari faollari bergan ma’lumotga ko’ra, isyonchilar va armiya bugun ham poytaxt va shimoldagi Halab (Aleppo) shahrida olishgan.

Yevropa Ittifoqi Suriyaga yo’l olayotgan har bir shubhali havo va dengiz yukini tekshirishga qaratilgan rejani ma’qullagan. Tekshiruv ittifoqqa a’zo davlatlar hududida, 2011-yil mayida qabul qilingan sanksiya asosida amalga oshiriladi.

Suriyada hukumat isyonchilarga qarshi kimyoviy qurol ishlatishi mumkin, degan ayrim xavotirlarga Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Jihod Makdissiy barham berib, o'z xalqimizga qarshi kimyoviy qurol ishlatmaymiz, dedi.

"Qurolning bu turi xorijiy bosqinchilar hujumini qaytarish uchun ishlatiladi, xolos", - deydi u.

Bugun Damashqdagi matbuot anjumanida Makdissiy kimyoviy qurollar ombori harbiylar nazorati ostida qattiq qo’riqlanayotganini aytgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG