Breaking News

Xalqaro Qizil Xoch Suriyada otishmani to’xtatishga chaqirdi


Suriyadagi namoyishlar 11 oydan beri davom etadi. Oxirgi ikki haftadagi to'qnashuv va zo'ravonliklarda, deydi faollar, yuzlab odam o'lgan.
Suriyadagi namoyishlar 11 oydan beri davom etadi. Oxirgi ikki haftadagi to'qnashuv va zo'ravonliklarda, deydi faollar, yuzlab odam o'lgan.

Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi Suriyada otishmani vaqtincha to’xtatib, insonparvarlik yordami qatnovi uchun imkon yaratishga undayapti. Prezident Bashar al-Assad armiyasi isyonkor Hims shahrini ikki haftadan beri qamal holatida saqlab, bombardimon qilib keladi. Ayrim xabarlarga ko’ra, tunda poytaxt Damashqda ham odamlar namoyishga chiqqach, askarlar o’t ochgan.

Jenevada asoslangan Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi rasmiysi Karla Xaddadning aytishicha, hukumat va muxolifat bilan muzokaralar boshlanib, to’qnashuvlarni tugatib, yordamga muhtoj viloyat va shaharlarga yegulik, dori-darmon yetkazish yo’llari muhokama qilinmoqda. Qo’mita Suriyada ishlashda davom etayotgan yagona gumanitar tashkilot bo’lib, Suriya Qizil Yarimoy jamiyati bilan hamkorlik qilmoqda.

Huquq faollarining aytishicha, Assad armiyasi bugun Hims atrofiga tanklar tortib, navbatdagi hujumga tayyorgarlik ko’rayapti. Ular deydiki, shahar markazida kuni-kecha hujumlarda yetti odam o’lgan. Davlatga qarashli SANA axborot agentligi isyonchilar bilan olishuvda jon bergan 12 askar dafn etildi, deya bildiradi.

Talofatlarni mustaqil ravishda tasdiqlash mumkin emas, chunki xorij matbuoti hududga deyarli kiritilmay qo’yilgan.

Suriyadagi manzara:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG