Breaking News

Qizil Xoch qonga botgan Himsga kirishga urinmoqda


Qizil Xoch qonga botgan Himsga kirishga urinmoqda
Qizil Xoch qonga botgan Himsga kirishga urinmoqda

Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi Suriyaning qonga botgan Hims shahriga kirib, aholiga yordam berishga harakat qilmoqda. Hukumat va muxolifat bilan muzokaralar davom etar ekan, Himsdan yetti kishi evakuatsiya qilingan, barchasi o’lim bilan olishmoqda.

Uch haftadirki, Suriya qurolli kuchlari Himsni o’qqa tutmoqda. U yerda terroristlar yashiringan, deydi rasmiylar. Inson huquqlari tashkilotlarining bildirishicha, kechaning o’zida 22 kishi o’lgan. Minglab aholi qayoqqa borishini bilmay zulmatda va qo’rqinchda yashamoqda, deydi faollar.

Xalqaro hamjamiyat Bashar al-Assadni hokimiyatdan ketishga chaqirar ekan, vaziyatni o’nglash uchun yana nima qilmoq zarur deya o’ylanib qolgan.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Tunisda Yevropa Ittifoqi va Arab Ligasi vakillari bilan muloqot qilib, Bashar al-Assad o’z xalqi qonini to’kkan qotil va qilmishlari uchun dunyo ahli oldida javob berishi kerak deb aytgan.

BMT hisobicha, qariyb bir yil oldin boshlangan qo’zg’olon va hukumat ko’rgan harbiy choralar oqibatida 8000 ga yaqin fuqaro halok bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG