Suriya mojarosi so’nggi oylarda keskinlashib, mintaqa barqarorligiga tahdid solmoqda. Isroil harbiylariga ko’ra, Suriya askarlari janubda isyonchilarga qarata otgan snaryadlar Isroil bosib olgan G’o’lan tepaliklarida yashovchi yahudiy mahallalarga tushgan. Tel-Aviv bundan norozi.
Bu so’nggi ikki oyda ikkinchi bu kabi hol bo’lib, Isroil javob hujumi qaytarishi mumkinligiga ishora qildi. Shunday bo’lgan taqdirda mojaro mintaqaviy tus olishi muqarrar.
So’nggi bir yarim yildan beri muxolifat Assadlar sulolasining 42 yillik hukmronligiga chek qo’yish uchun kurashar ekan, 20 mingdan ziyod odam qurbon bo’ldi.
Isroil mojaroni xavotir bilan kuzatmoqda. Yahudiy davlati prezident Bashar al-Assadning kuni bitmoqda, deydi.
Siyosiy tahlilchi Denni Rubinstaynning aytishicha, Assadning o’rniga kim kelishi kattaroq xavotir uyg’otmoqda.
"Suriya alg’ov-dalg’ov bo’lsa, buning Isroilga ham zarari bor. Chunki shu kungacha Suriya-Isroil chegarasi tinch edi", - deydi u.
Isroil arab davlatlari bilan 1967-yilgi urush oqibatida Suriyadan G’o’lan Tepaliklarini tortib olib, uni o’z hududi deb hisoblaydi. Rasmiy Damashq istiloni qoralab keladi, ammo 1973-yilgi urushdan so’ng mintaqani qaytarib olish uchun boshqa harakat qilmadi.
Biroq Suriyada hukumatga qarshi namoyishlar qurolli isyonga aylanganidan beri Isroil G’o’lan xavfsizligi xususida xavotirga tushgan.
O’tgan hafta Isroil askarlari chegarada mashg’ulot o’tkazib, ahvol yomonlashsa qanday chora ko’rish kerakligi bo’yicha mashq qilgan.
Asosan sunniylardan iborat isyonchilarning shia mazhabiga aloqador alaviy oqimiga mansub hukumatga qarshi kurashining diniy tomoni qo’shimcha tashvishga sabab bo’lmoqda.
Ziddiyatlar kuchayar ekan, nasroniylar, kurdlar va ozchilikdagi boshqa etnik va diniy guruh vakillari tahdid ostida qolmoqda. Bu xalqlarning bir qismi Isroilda ham istiqomat qiladi.
Tahlilchi Rubinstaynning aytishicha, jamiyat bir necha bo’lakka bo’linib ketish ehtimoli bor.
"Suriya bo’linishidan xavotirdamiz. Assad diktaturasi hozircha mamlakatni, xalqni birlashtirib turibdi", - deydi ekspert.
Isroillik siyosiy sharhlovchi Ativa Eldarning aytishicha, Suriyada muxolifat birdam emas.
"Assad ketsa, hokimiyatni qo’lga olishga qurbi yetadigan siyosiy kuch yo’q. Alaviylar, sunniylar, shialar va boshqalar o’rtasida qonli olishuvlar boshlanadi. Ahvol yanada yomonlashadi. Suriyaning Somali ahvoliga tushishidan xavotirdaman", - deydi Eldar.
Ayrim tahlilchilar nazarida mojaro mintaqaviy tus olmoqda. Livan shimolida, masalan, suriyalik isyonchilarni qo’llab-quvvatlayotgan mahalliy sunniylar Assad tarafdori bo’lmish livanlik alaviylar bilan to’qnashgan.
Suriya mojarosi oqibatida Turkiya armiyasi va kurd jangarilari o’rtasida janglar keskinlashgan. Ayrimlar buni Suriya va Iroq shimolida kurd muxtoriyatlarining kuchayishi bilan izohlasa, boshqalar nazarida Turkiyaning suriyalik isyonchilarga yordamidan norozi Eron bu ishga aralashgan. Ma’lumki, Tehron Damashqning eng yaqin ittifoqchisi hisoblanadi.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Suriya mojarosini ustuvor masala deya, Bosh Assambleya sessiyasi kunlarida unga yechim topish maqsadida qator davlatlar rahbarlari bilan muloqot qilmoqchi. BMT va Arab Ligasining Suriya bo’yicha maxsus vakili Laxdar Braximi muammoni diplomatik yo’l bilan hal etish mumkinligiga ishonmaydi.
Isroillik professor Shlomo Avinerining aytishicha, Suriya mojarosi global tashkilotning samarasizligini yana bir bor namoyish etdi.
"Birlashgan Millatlar Tashkiloti qog’ozda ajoyib g’oya, ammo amalda Kosovo va Ruandada bo’lgani kabi, Suriyada ham pand bermoqda. Tashkilot har bir davlat o’z fuqarolarini o’zi himoya qilishi kerak, ammo bunga ojiz bo’lsa, xalqaro hamjamiyat aralashishi mumkin, degan rejani so’nggi bir necha yildan beri targ’ib qilib keladi, ammo hozir shundan o’zi chekindi. Gap BMT tizimining samarasizligida", - deydi Avineri.
Isroillik tahlilchilar nazarida BMT Assad va isyonchilarni murosaga keltirishi lozim yoki Xavfsizlik Kengashi a’zolari raqobatni chetga surib qo’yib, mojaroni harbiy yo’l bilan hal etishga imkon yaratishi zarur. Aks holda mintaqa bo’ylab notinchliklar kuchayib boraveradi.
Damashda kundalik hayot: