Breaking News

Tojikiston qarori Rossiyaga alam qildimi?


Prezident Dmitriy Medvedev immigrantlarning haydalishi uchuvchilar sudiga bog’liq ekanini rad etdi
Prezident Dmitriy Medvedev immigrantlarning haydalishi uchuvchilar sudiga bog’liq ekanini rad etdi

Rossiya tojikistonlik mehnat muhojirlarini mamlakatdan haydashga tushgan. Tojikiston rasmiylari fikricha, Kreml bu bilan Dushanbedan alamini olmoqchi.

Joriy yilning martida Rossiya va Estoniya fuqarolari boshqarayotgan AN-72 rusumidagi ikki samolyot Tojikiston territoriyasida qo’nib, ular hibsga olingan edi. Samolyotlar musodara etilgan.

Uzoq davom etgan tergovdan keyin Qo'rg'on-tepa shahar sudi pilotlarga sakkiz yarim yil qamoq jazosi berdi.

Rossiyaning so’nggi xatti-harakati esa bunga javob sifatida ko’rilmoqda.

Uchuvchi Vladimir Sadovnichiy va uning hamkasbi Aleksey Rudenko kontrabanda, chegarani noqonuniy kesib o’tganlik va xalqaro parvoz me’yorlarlarini buzganlikda ayblanmoqda.

Ular Rossiyadan Afg’onistonga insonparvarlik yuki eltib, Kobuldan yo’lga chiqqach, yonilg’i qidirib Tojikistonda to’xtagan. Tojikiston chegarasini kesib o'tish uchun oldindan ruxsat olgani ham aytiladi.

Muhojirlar
Muhojirlar

Uchuvchularning qamalishi Rossiyada millatchilik kayfiyatini kuchaytirgan, deydi ekspertlar.

Assoshieytid Press axborot agentligining bildirishicha, Rossiya sanitariya-gigiyena xizmati rahbari Gennadiy Onishenko tojikistonlik migrantlarni umuman mamlakatga kiritmaslikni taklif qilgan. Chunki, deydi rasmiy, ular sil kasali va OITS/VICH tashiydi.

Rasmiy hisoblarga ko’ra, Rossiyada ishlayotgan tojikistonlikdan 300 muhojir ushlanib, ayrimlari seshanba kuniyoq deportatsiya qilingan. Migrantlar ishi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar yana yuzlab nafari qo'lga olinganini aytmoqda.

Prezident Dmitriy Medvedev migrantlarning haydalishi uchuvchilar sudiga bog’liq ekanini rad etmoqda. Qonun asosida ish tutilmoqda, deydi rasmiylar.

Millatchilik kayfiyati
Millatchilik kayfiyati

Tojikiston iqtisodiyoti ko’p jihatdan Rossiyada ishlayotgan muhojirlarga tayanadi va deportatsiya oilalarni qiyin ahvolga solishi, Afg’oniston bilan chegarasini arang himoya qilayotgan bu davlatga og’ir kelishi mumkin.

Faollar fikricha, mojaro tezda, diplomatik ravishda hal etilmasa, nafaqat Tojikiston, balki Rossiyada kun ko'rayotgan O'zbekiston fuqarolari ham deportatsiyaga uchrashi mumkin.

Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Yuriy Popov va prezident Emomali Rahmon kuni-kecha uchrashib, yechim ustida gaplashib olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG