Breaking News

Tahlilchi: Suriyada jang qilayotgan qozog'istonlik isyonchilar - to'qima


Yerlan Karin, xavfsizlik, aksilterror siyosat bo’yicha mutaxassis; avval prezident Nursulton Nazarboyev ma’muriyatida ichki siyosat bo’yicha mas’ul bo’lgan; prezidentga moyil “Nur Otan” partiyasida strategik rivojlanishga javob bergan.
Yerlan Karin, xavfsizlik, aksilterror siyosat bo’yicha mutaxassis; avval prezident Nursulton Nazarboyev ma’muriyatida ichki siyosat bo’yicha mas’ul bo’lgan; prezidentga moyil “Nur Otan” partiyasida strategik rivojlanishga javob bergan.
Tahlilchi: Suriyada jang qilayotgan qozog'istonlik jangarilar - to'qima
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:00 0:00
Yuklab oling

Qozog’istonlik butun boshli oilalar radikallashib, Suriyaga urushga ketayotgani haqida xabarlar bor. Siyosatshunos, Amerika Universitetida tajriba oshirayotgan Yerlan Karin nazarida bu ekstremist guruhlarning propagandasi. Aslida bunaqa muayyan oqim yo’q va bir-bir uchrayotgan holat, xolos. Yerlan Karin Qozog’istonda terrorizm tahdidini o’rgandi va Vashingtonda xulosalari bilan bo’lishdi.
Siyosatshunos-Erlan Karin-Suriyadagi jangchilar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:27 0:00
Yuklab oling
Siyosatshunos-Erlan Karin-Yoshlar nega radikallashadi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:57 0:00
Yuklab oling
Siyosatshunos-Erlan Karin-Suriyadagi ayollar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:25 0:00
Yuklab oling
Siyosatshunos-Erlan Karin-o'zbek-uyg'ur-jangarilar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:22 0:00
Yuklab oling
Siyosatshunos-Erlan Karin-diniy-fanlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:31 0:00
Yuklab oling
Karin xavfsizlik, aksilterror siyosat bo’yicha mutaxassis; avval prezident Nursulton Nazarboyev ma’muriyatida ichki siyosat bo’yicha mas’ul bo’lgan; prezidentga moyil “Nur Otan” partiyasida strategik rivojlanishga javob bergan. U va bir necha ekspert o’tgan yilning kuzidan joriy yil bahorigacha izlanib, oxirgi 10 yilda “terrorizm” moddasi bilan qamalgan odamlar ishini o’rgandi, mahbuslar va ularning oila a’zolari bilan tanishdi.

Qozog’istonda xurujlar 2011-yilda avj olgan – jami yettita hujumda 10 odam o’lgan. Bu to’lqinni va talofatlarni Yerlan Karin xavfsizlik xodimlarining xomligi, tayyor bo’lmagani bilan tushuntiradi. Xavf ko’lamini militsiya va maxsus xizmatlar to’liq anglamagan; hatto huquq-tartibot xodimlari hujum ro’y bergan joyga qurolsiz borgan holatlar qayd etilgan.

2012 va 2013-yillarda esa uzog’i bilan to’rt hujum ro’y berib, bir jihodning oldi olingan. Yerlan Karinning ta’kidlashicha, bunda militsiya tayyorgarligi muhim rol o’ynadi.

Ekspert Qozog’istonda terrorizm tahdidi yuqori emas, muqim ishlab turgan va moliyasi tayin terror guruhlari yo’q, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, oilalar Suriyaga jo’nab ketgani va u yerda jangarilar safiga qo’shilgani haqida xabarlar bor. Internetda turli guruhlarning da’vatlarini ko’rish mumkin. Shu oy boshida mana shunday oila yo’ldan qaytarib qolingan va hozir sud qilinmoqda.

“Bu gaplarning ham ko’pi uydirma. Internetda o’tgan yili paydo bo’lgan videoga ko’ra, qozog’istonlik 150 odam oilasi bilan Suriyaga ko’chib ketgan emish. Menimcha, bu rolik aslida faqat propaganda quroli, yangi a’zolarni jalb etish vositasi edi. Nazarimda avvaldan Afg’oniston-Pokiston chegarasida yashab kelayotgan qozoqlar Suriyaga jo’nab ketgan, chunki front va moliya o’sha yerda. Bizning hisob-kitobimizga ko’ra, Suriyada bugun 40-50 nafar qozog’istonlik jangari bor, xolos”, - deydi Yerlan Karin.

Siyosatshunos “terrorizm” moddasi bilan qamalgan 150 mahbus bilan savol-javob qildi, ularning yaqinlariga quloq soldi. U bu odamlarni uch toifaga bo’ladi:

- 1990-2000-yillar boshida Afg’oniston, Checheniston kabi davlatlardan qochib Qozog’istonda panoh topgan terrorchilar;
- 2006-2010-yillarda chet el propagandasiga uchgan va xorijda xurujlarda qatnashgan qozog’istonliklar;
- 2010-yildan beri Qozog’istonda ildiz otgan mahalliy terrorchi jamoalar.

Bu odamlarning aksariyati 20-30 yoshlar oralig’ida, ko’pi o’qimagan, ehtiyojmand oilalardan chiqqan. Moliya asosan jinoiy to’da a’zolarining shaxsiy daromadi, o’g’rilik, xayriyadan tushgan. Asosiy qurol-aslaha oddiy ovchi miltiqlar, qo’lbola portlovchi moslamalar bo’lgani ma’lum. E’tiborlisi, odamlar portlovchi moslamani internetga qarab yasagan.

Bu yigitlar dinni qalqon qilgani bilan hatto mazhab nimaligini farqlolmaydi, diniy bilimi sayoz. Ular qanday qilib terrorizm yo’liga tushib qoldi? O’z joniga qasd qilishga nima turtdi?
Xurujlar asosan g'arbiy viloyatlarda kuzatiladi.
Xurujlar asosan g'arbiy viloyatlarda kuzatiladi.

“Avval aytganimdek, gap yoshlar haqida ketayapti. Aksariyati qo’lga tushganidan nari borsa ikki yil oldin dinga kirgan. Shunda ham faqat namoz o’qishni bilgan. Qozog’iston janubida faoliyat yurituvchi guruh sardori qo’lga tushgach, u bilan koloniyada suhbat qildik va u hatto qaysi mazhabdan ekanini aniq aytolmadi. Ko’pi alkogol ichadi, chekadi. Bu yoshlardan nimaga militsiyaga taslim bo’lmading, nimaga o’zingni o’ldirishni ma’qul topding, deb so’radik. Shunda ular jannatga tushishning eng oson yo’li shu, deya javob qilgan”, - deydi Yerlan Karin.

Qozog’istonlik mutaxassis shahidlarning ota-onasidan fikr so’raganida ko’pi farzandlari haq ekanini ta’kidlagan. Shu paytgacha Qozog’istonda 14 kishi shahid bo’lib jon bergan. Yerlan Karin janubda besh odam o’zini portlatgan bir voqeani misol qiladi. Joniga qasd qilishdan oldin ular turmush o’rtoqlariga telefon qilib, ayollardan ruxsat olgan. Siyosatshunos nazarida hukumat mana shu faktga yetarli e’tibor qaratishi kerak edi.

“Holbuki, ayrim ma’lumotlarga ko’ra, bu ayollarning ko’pi o’tgan yili Suriyaga bosh olib ketgan. O’tgan yili esa shahid bo’lib o’lgan odamning 10 yashar o’g’li qo’lga tushgan, oilasi uni portlatib otasi uchun qasos olishga tayyorlayotgan bo’lgan”, - deydi Yerlan Karin.
Hujumlar xronologiyasi.
Hujumlar xronologiyasi.

Odamlarni radikal guruhlarga qo’shilishga nima majbur qilayapti? Korrupsiya, ijtimoiy adolatsizlik, imomlar sohani yaxshi bilmasligi… Masalan, yigitlar masjidga borib noqulay savollar berganida imomlar qoniqarli javob berolmagan yoki ularning o’g’zini yopishga harakat qilgan. Bundan ko’ngli to’lmagan yigitlar yashirin diniy jamoalar tuzgan. Shuningdek, huquq-tartibot xodimlari dindor yoshlarga qo’pol muomala qilgan hollar haqida ham aytiladi.

Yerlan Karinning aytishicha, Qozog’istonda alohida o’zbek yoki uyg’ur ekstremist jamoalar qayd etilmagan.

“Albatta, O’zbekiston yoki Shinjondan qochgan elementlar Qozog’iston hududida yashirinmoqchi bo’lgan hollar bor. Lekin ularning mustahkam bazasi bo’lmagan, ko’pi ozgina turib yana Qozog’istondan chiqib ketgan yoki huquq-tartibot xodimlari tomonidan ushlanib O’zbekiston va Xitoy rasmiylariga topshirilgan”, - deydi u.

Ekspert so’zlariga ko’ra, Qozog’istonda muayyan shakllangan terrorchi tashkilot yo’q. Faqat qozog’istonlik yoshlar Afg’oniston-Pokiston chegarasida tuzgan Jund-al Xilafa (Xalifa askarlari) guruhini alohida tilga olish mumkin. Uyushma ikki yil oldin tarqalib ketgan, uning yetakchisi o’tgan yili Turkiyada qo’lga tushib Qozog’iston adliyasiga topshirilgan. Biroq matbuotda terrorchi guruhlar haqida har xil uydirmalar, taxminlar hamon quloqqa chalinib turadi. Xalifa askarlari safida besh ming odam bor degan taxminlarni Yerlan Karin rad etadi. Guruh a’zolari soni aslida 12 kishidan oshmagan.
Qozog'istonda terrorchilar uch toifaga bo'linadi.
Qozog'istonda terrorchilar uch toifaga bo'linadi.

Yerlan Karin yechim haqida so’zlar ekan, Qozog’istonda shu paytgacha diniy mutaxassislar, dinshunos olimlarni tayyorlash tizimi bo’lmagan deydi. Har xil madrasalar xohlagan odamini o’qitavergan.

“Albatta, maktablarda din va mazhablarni izchil o’rgatish fikriga shubha bilan qarayman. Chunki buning asoratlarini bilib bo’lmaydi. Umumiy tushunchalar berilishi kerak lekin”, - deydi u.

Uning aytishicha, O’zbekistonda ham ayni muammoni kuzatish mumkin. Qozog’istonda bo’lgani kabi O’zbekiston hukumati ham din va din ahli bilan muomalani aniq ishlab chiqmagan. Natijada kutilmagan, agressiv xatti-harakatlar kuzatiladi, huquq-tartibot xodimlari din ahliga nisbatan qo’pol muomala qiladi. Bu esa diniy jamoalarda g’azab hissini avj oldirishi aniq.
XS
SM
MD
LG