Breaking News

G'ildirakli sahnadagi pianinochilar


Klassik musiqaga ko’plar jamiyatning yuqori qatlamidagi vakillari hashamatli zallarda tinglaydigan san'at turi deb qarashadi. Biroq ikki nafar yosh pianinochi klassik musiqani kengroq ommaga olib chiqishni maqsad qilgan. Ular g'ildirakli sahnalarda shahar kezib, bepul konsertlar berishadi, har qanday yo’lovchi tomoshabinga aylanishi mumkin.

G'ildirakli sahnadagi pianinochilar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:25 0:00

​Syuzan Dzyan va Nik Lyubi fortepianoda mashq qilishni kanda qilmaydi. Ular navbatdagi mobil-konsert oldidan repetitsiya qilishyapti. Nik va Syuzan fortepianoni yuk mashinasiga ortib, g'ildirakli sahna yaratib olgan. Bu ularga ko’ngli tusagan joyda to’xtab ijro etishga imkon beradi.

Bu safar Merilend shtatining Baltimor shahridagi dehqon bozori yonida to’xtashdi.

Fortepiano ortilgan yuk mashinasini bir zumda sahnaga aylantirish mumkin, juda qulay. Tomoshabin - tushlikka chiqgan odamlar.

“Jonli musiqa shunisi bilan ahamiyatliki, unda insoniylik bor, tomoshabin bilan birga nafas olasiz. Yozib olingan musiqada aynan o’sha nafas, energiya bo’lmaydi. Jonli ijro odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, hayotni qiziqarliroq qiladi”, - deydi Nik Lyubi.

Syuzan Dzyan uchun esa yuk mashinasida konsert berish o'zgacha tajriba.
“Konsert zallarida har bir harakat nazoratda, cheklangan. Odamlar sukut saqlab o’tirishadi”, - deydi u.

Ko’cha shovqini, mashinalar qatnovi uning ijrosiga hech ham xalaqit bermaydi.

“Chalishni boshlashim bilan shunchalar kirishib ketamanki, atrofimda nimalar bo’layotganini sezmay qolaman”, - deydi ijrochi.

Ijroni tomosha qilmay o'tib ketgan yo’lovchilardan ikkovlon xafa bo'lmaydi.

“O’tib ketayotganlar bir soniyaga bo’lsa-da, to’xtab tinglashini va yana yo’lida davom etishini payqaymiz, albatta, ammo qisqa vaqt tinglashsa ham xursandmiz”,- deydi Nik Lyubi.

Yuk mashinasida klassik konsert
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:47 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG