Breaking News

AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari yuzma-yuz


AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari Donald Tramp va Kim Chen Un, Singapur, 12-iyun, 2018
AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari Donald Tramp va Kim Chen Un, Singapur, 12-iyun, 2018

Amerika va Shimoliy Koreya rahbarlari tarixiy uchrashuvni boshladi. Prezident Trampning maqsadi - Pxenyanni yadroviy qudratdan ayirish. Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Unning maqsadi esa AQShni uning davlati tinchliksevar ekaniga ishontirish va moliyaviy yordam olish.

Tramp va Kim bir-biri bilan tabassum ila ko'rishdi. Ular bir biriga qo'l berar ekan, qisqa gaplashishdi va muloqot boshladi.

Tramp uchrashuvni sharaf deb atadi. Uningcha, tomonlar "a'lo darajadagi aloqalar" o'rnatadi. Kim unga qo'shildi.

"Azaliy g'anim"lardan bugun shunday gaplarni eshitish har ikki xalq uchun olamshumul voqea.

Singapur, 12-iyun, 2018
Singapur, 12-iyun, 2018

40 minutcha yuzma-yuz va yakka holda gaplashgan Tramp va Kim keyin maslahatchilarini oldiga chaqirdi va kengroq muzokara boshlandi. AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo, Oq uy boshqaruvchisi Jon Kelli, Davlat xavfsizligi bo'yicha maslahatchi Jon Bolton qatnashdi.

AQShga ko'ra, Koreya yarimoroli yadroviy qurollardan xoli hudud bo'lishi kerak. Bu amalda har tomonlama isbotini topishi lozim, deya bildirmoqda Oq uy.

Shimoliy Koreya qurolsizlansa, unga xavfsizlik bobida kafolat beriladi, ya'ni bu davlatga biror boshqa davlat tahdid qilmasligi ta'minlanadi.

Pxenyan yadroviy qurollardan tamoman qutulgani va voz kechgani isbotlanmaguncha, unga biror iqtisodiy yordam ko'rsatilmaydi.

Pxenyan bunga qanchalik tayyor? Kim Chen Un ota-bobosidan qolgan qurollanish siyosatidan yuz o'girishga qanchalik tayyor?

Tomonlar bir-biriga qanchalik ishonadi?

Kim nimadan voz kechib, nimani qo'lga kirgizishga hozir?

Singapur, 12-iyun, 2018
Singapur, 12-iyun, 2018

AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis deydiki, Singapurdagi muzokarada Koreya yarimorolida Amerika kuchlarini kamaytirish haqida gap ketmaydi.

"AQSh va Janubiy Koreya qo'shinimizni kamaytirish maqsadida emas", - deydi Mattis.

Seul rasmiylari ham buni tasdiqlab, masalani ikki davlatgina hal etadi, deya eslatmoqda.

Singapur, 12-iyun, 2018
Singapur, 12-iyun, 2018

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG