Breaking News

Amerikaning immigratsiya siyosati: 2018-yilga nazar


AQSh-Meksika chegarasida Bojxona va chegara xavfsizligi xizmati xodimi. 19-noyabr, 2018-yil.
AQSh-Meksika chegarasida Bojxona va chegara xavfsizligi xizmati xodimi. 19-noyabr, 2018-yil.

AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsen boshpana istab murojaat qilganlar ishi ko’rib chiqilgunga qadar Meksika hududida qolishi shart degan yangi tartibni e’lon qildi. Bu Prezident Donald Tramp ma’muriyati boshpana berish siyosatiga ta’sir ko’rsatgan 2018-yildagi choralarining so’nggisi.

BMTning 1951-yilda qabul qilingan va AQSh tomonidan imzolangan Qochoqlar bo’yicha konvensiyasiga muvofiq, boshpana uchun murojaat qiluvchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak: o’z vatanida ta’qib bilan “asosli qo’rquvda” yashayotgani; irqi, dini, millati, siyosiy qarashlari yoki muayyan ijtimoiy guruhga mansubligi nuqtai nazaridan ta’qib ostidaligi; hukumat ta’qibi ostida yoki mavjud ta’qibni hukumat nazorat qila olmayotganini isbotlovchi dalillarni taqdim etishi lozim.

AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsen immigratsiya siyosatiga izoh bermoqda. 20-noyabr, 2018-yil
AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsen immigratsiya siyosatiga izoh bermoqda. 20-noyabr, 2018-yil

2018-yilda Tramp ma’muriyati boshpana berish tartibiga yettita o’zgartirishni tatbiq qildi. Immigrantlarni himoya qiluvchi guruhlarga ko’ra, yangi qattiqqo’l tartib muhojirlarni mamlakat hududiga kiritmaslikni nazarda tutadi.

​ AQSh hududiga qonuniy yoki noqonuniy yo’l bilan kirib, boshpana uchun murojaat qilgan muhojirlar dastavval Fuqarolik va immigratsiya xizmati xodimlarining suhbatidan o’tadi. Xodim suhbatdosh haqiqatda o’z vatanida tazyiq ostida ekaniga amin bo’lsa, navbatdagi bosqichda hujjatlar immigratsiya bo’yicha sudga topshiriladi.

AQSh chegarasiga yetib kelgan Markaziy amerikalik muhojirlar tushlik uchun navbatda. Tixuana, Meksika. 12-dekabr, 2018-yil
AQSh chegarasiga yetib kelgan Markaziy amerikalik muhojirlar tushlik uchun navbatda. Tixuana, Meksika. 12-dekabr, 2018-yil

2018-yilning 6-aprelida Prezident Tramp AQSh-Meksika chegarasida keskin tartib o’rnatdi. Unga ko’ra, mamlakat hududiga noqonuniy kirgan muhojirlar jinoiy javobgarlikka tortiladigan bo’ldi. Shu asosda, ularning ishi sudda ko’rib chiqilgunga qadar hibsxonalarda ushlab turiladi.

Avval aynan shunday xatti-harakat uchun yengil ma’muriy javobgarlikka tortish bilan cheklanilar edi.

Mazkur chora, o’z navbatida, bolalarning ota-onalaridan ajratilishiga sabab bo’ldi. Qonunlarga ko’ra, bolalar hibsxonada ushlab turilishi taqiqlangan.

Jamoatchilikning kuchli noroziligi natijasida prezident iyun oyida ana shu tartibni bekor qilishga majbur bo’ldi.

AQSh Adliya vaziri Jef Seshns nutq so'zlamoqda. Vashington shahri. 1-noyabr, 2018-yil
AQSh Adliya vaziri Jef Seshns nutq so'zlamoqda. Vashington shahri. 1-noyabr, 2018-yil

Ichki xavfsizlik vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko’ra, 2018-yilning 5-mayidan 9-iyuniga qadar Amerika chegarasida 2500 dan ziyod bolalar ota-onalaridan ajratib qo’yilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG