Donald Trampning saylov kampaniyasi rahbari Pol Manafort va Ukrainaning rossiyaparast sobiq prezidenti bir-biriga qanchalik yaqin?
Amerikaning nufuzli “The New York Times” gazetasining yoritishicha, Ukrainadagi maxfiy buxgalterlik kitoblaridan 12,7 million dollar Manafortga mo’ljallangani ayon bo’lgan.
Manafort bir necha yil davomida Prezident Viktor Yanukovich va uning “Regionlar partiyasi” da maslahatchi bo’lib ishlagan. 2014-yilda Yanukovich korrupsiya va iqtisodni boshqara olmaganlik ayblari bilan hokimiyatdan quvilgan edi.
“The New York Times” ga ko’ra, Ukrainada taftish o’tkazgan ekspertlar Manafort buxgalterlik kitoblarida qayd etilgan pulni olgan yoki olmaganini aniq bilmaydi, ammo bu mablag' “qora kassa” ning bir qismi bo’lganiga ularda shubha yo’q.
Manafort iddaolarni inkor etmoqda
Manafort Ukrainadagi ishi uchun pul olganini inkor etdi. Ayblovlarni esa “asossiz, axmoqona va mantiqsiz” deb atadi.
“Men “qora kassadan” hech qachon naqd pul olmaganman. “The New York Times” ayblovlari noto’g’ri. Ukraina yoki Rossiya hukumatida ham ishlamaganman”, - dedi u.
Manafort bir necha davlatning rahbariyati bila hamkorlik qilgan. Ammo Ukrainadagi ishini 2014-yilda tugatganini ta’kidlamoqda.
Tramp raqibi, prezidentlikka demokrat nomzod Hillari Klinton fikricha, Manafortga oid ma’lumot Trampning Rossiya hukumati bilan aloqaga ekani alomatidir.
Klinton o'z bayonoti deydiki, agar Donald Tramp kampaniyasi va Ukrainadagi rossiyaparast elementlar orasida aloqa bo'lsa, bu xavotirli masala. l
“Trampning Rossiya rahbari Vladimr Putin haqidagi maqtovlari, Rossiya tomonidan Klinton kampaniyasi kompyuterlariga xakerlik hujumlari uyushtirilgani va Demokratik Partiya hujjatlarining oshkor etilishi... Donald Tramp o'z xodimlarining Rossiya bilan aloqalariga oid ma’lumotlarni darhol oshkor etishi kerak, bu uning burchi”, - deydi Klinton saylov kampaniyasi rahbari Robbi Muk.
Putin Trampni “idrokli va iqtidorli” deb atagan. Tramp fikricha Rossiya rahbari uni maqtagani “katta sharaf”.
Trampning o’zi Rossiya hukumati bilan aloqada emasligini aytib keladi.