Prezident Tramp Fransiyada. Bu davlatning yangi rahbari Emmanuel Makron bilan Suriya va aksil-terror amaliyotlari borasida murosa izlab ko'rmoqchi.
May oyida ilk bor ko'rishganidayoq Fransiyaning yangi prezidenti Prezident Trampga va uning "Avvalo, Amerika" degan yondashuviga bo'sh kelmasligini bildirgan edi.
Fransiya 2015-yilda iqlimdagi salbiy o'zgarishlarning oldini olishga doir anjumanga mezbon bo'lgan va kelishuvni o'zining katta yutuqlaridan biri deb biladi.
Bu orada, Trampning Rossiyaga xayrixoh ekani Yevropadagi ittifoqchilarni asabiylashtirgan.
"Katta Yigirmalik sammitida ikki rahbarni ko'rdik", - deydi tahlilchi Malkolm Chalbers. "Amerika rahbari ittifoqchilarni pisand qilmay, hatto qattiq gapirishga tayyor. Holbuki, Rossiya rahbariyatiga nisbatan muloyim. Kelasi bir necha oyda Amerika Suriya, Rossiya yoki Ukrainaga doir siyosatini o'zgartirib, buni Parij, Berlin yoki London bilan oldindan muhokama qilishni lozim topmasligi mumkin", - deydi ekspert.
Iqlimga doir kelishuv haqida ham gap ketishi kutilayapti.
Facebook Forum