Breaking News

Qilichdoro'g'li saylovning ikkinchi bosqichiga tayyormi?


Prezidentlikka nomzod Kamol Qilichdoro’g’li
Prezidentlikka nomzod Kamol Qilichdoro’g’li

28-may kuni Turkiyada prezident saylovining ikkinchi bosqichi o’tkaziladi. Muxolifatdan nomzod Kamol Qilichdoro’g’li millionlab suriyalik qochqinlarni vataniga qaytarishga va mamlakatni terror tahdidlaridan himoya qilishga va’da berarkan odatda Prezident Erdog’anni qo’llab-quvvatlovchi millatchi saylovchilarni o’z tomoniga og’dirishga umid qilyapti.

Xalqaro hayot - 24-may, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:12 0:00

Bungacha demokratiya va iqtisodiy qiyinchiliklarga urg’u berib kelgan Qilichdoro’g’lining e’tiborni boshqa mavzularga qaratishi birinchi bosqichdagi mag’lubiyati bilan bog’liq ekani aytilmoqda.

Qilichdoro’g’li Erdog’anni kurdlarning bo’lginchi rahbarlari muxolif nomzodni olqishlayotgani haqidagi soxta videoni tarqatganlikda ayblarkan, kurdlar manfaatlarini himoya qiluvchi Xalq demokratik partiyasining qamoqdagi sobiq rahbari Salohiddin Demirtosh tarafdorlarini Qilichdoro’g’liga ovoz berishga chaqirdi.

Bu Qilichdoro’g’li rahbar Respublikachilar xalq partiyasi tarafida bo’lgan ba’zi saylovchilarning ko’nglini sovitgani aytiladi.

“Qilichdoro’g’lining kurd muammosiga yaqindan e’tibor berishi, kurd hududlarida iliq qarshilanishi, Demirtoshning “Twitter”da Qilichdoro’g’liga to’xtovsiz xayrixohligi jumhuriyatchilarning millatchi yoki vatanparvar saylovchilarini xavotirga solgan bo’lishi mumkin”, - deydi turkiyalik tahlilchi Atilla Yeshilada.

Tahlilchilar Qilichdoro’g’lining norozi tarafdorlari saylovda 5 foiz ovoz bilan marraga uchinchi bo’lib kelgan konservativ millatchi nomzod Sinan O’gan tomoniga o’tib ketgan deya taxmin qiladi. O’gan ikkinchi bosqichda Erdog’anni qo’llab-quvvatlashini bildirdi.

“Sinan O’gan tarafdorlari turli qarashlarga ega saylovchilar. U hammasini bir tomonga yo’naltira oladimi, yo’q, bilmayman”, - deydi yana bir tahlilchi Jan Seljuqiy.

Qilichdoro’g’li O’gan tarafdorlarini o’z tomoniga og’dirish maqsadida xavfsizlik bilan jiddiy shug’ullanishini, kurd bo’lginchilariga yon bermasligini aytadi. Biroq bunday yondashuv, deydi ba’zilar, kurd saylovchilarini undan uzoqlashtirishi mumkin.

“Qilichdoro’g’li eng boshidan boshlashga majbur. Boshqalarni unga ovoz berishga ko’ndirishi kerak. Sinan O’ganni, uning millatchi tarafdorlarini, kurdlarni. Muvozanatni saqlash oson emas. Ilojini qilsa bo’ladi, ammo birinchi bosqichga qaraganda ancha qiyin vazifa”, - deydi “PolitikYol” sharhlovchisi Sezin O’ney.

Ikkinchi bosqichga sanoqli kunlar qolganda bunga erishish juda qiyin bo’ladi. Vaqt hozir Erdog’an tomonida.

Shunga qaramay Qilichdoro’g’li ittifoqchilari safini kengaytirishga zo’r bermoqda. Bugun “Zafar” millatchi partiyasining yetakchisi Umit O’zdog’ unga ovoz berishini aytdi. U Qilichdoro’g’lining suriyalik qochqinlarni vataniga qaytarish rejasini olqishlab, bu ish xalqaro qonunlar asosida va inson huquqlariga rioya qilgan holda amalga oshirilishini bildirdi. O’zdog’ qochqinlarni Suriyaga qaytarish turk iqtisodiyotiga og’ir kelayotgan yukdan xalos bo’lishga yordam berishini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG