Turkiyada to’qqiz odam Eron foydasiga josuslikda gumon qilinib, hibsga olindi. Voqea ikki sobiq ittifoqchi aloqalarining yanada sovuqlashishiga turtki berdi. Davlatlar Suriya borasida shundog’am qattiq tortishib qolgan.
To’qqiz kishi josuslik aybi bilan hibsga olinishi Anqara-Tehron munosabatlarini yanada taranglashtirdi. Turkiyaning “Zamon” gazetasi sharhlovchisi Karim Balchi:
“Turkiyada Eronning juda ko’p josusi ishlayotganini taxmin qilish mumkin. Politsiya to’qqiz odamni so’roq qilganida, aslida agentlar soni 100 ga yaqinligi ma’lum bo’lgan. Bu esa Eron va Turkiya o’rtasida sovuq urush boshlanib bo’lganidan dalolat beradi”.
Hibsdagilar Turkiya hukumati qora ro’yxatiga kirgan PKK - Kurd ishchilar partiyasi foydasiga ishlayotgani ayniqsa jiddiy xavotirga sabab bo’lgan. Turkiyadagi “Milliyet” gazetasi muxbiri Asli Aydintasbas deydiki, ikki taraf o’rtasidagi urushning muhim sabablaridan biri – Suriya:
“Gap Suriyada. Mintaqada turli diniy oqimlar vakillari o’rtasida urush avj olgan. Turkiya Suriyadagi isyonchilarni qo’llamoqda, Eron esa maxfiy ravishda Kurdiston ishchilar partiyasiga yordam ko’rsatib keladi, o’z hududida faoliyat yuritish, Turkiyaga qurol olib kirishni ruxsat etgan. Voqealar negizida aslida Turkiya-Eron o’rtasidagi, ya’ni sunniy va shialar o’rtasidagi raqobat turibdi”.
Turkiya aholisining aksariyati – sunniylar. Shialar sanalmish ja’fariylar ham bor. So’nggi paytlarda ular soni oshmoqda. Bu esa Turkiya xavfsizlik xizmati e’tiborini o’ziga tortishi mumkin, deydi Karim Balchi, ayniqsa, josuslar ushlangach:
“Ja’fariylar soni kundan-kunga oshmoqda. Bu oqimga qo’shilayotganlarning ko’payishi va josuslik o’rtasida aloqa borligi aniqlansa, katta muammo yuzaga keladi. Hibsga olingan to’qqiz kishidan olti nafari - turk ja’fariylardan. Bunda Eron qo’li bor, deyish mumkin bo’ladi”.
Istanbuldagi Kadir Has universiteti professori Soli Ozel esa so’nggi hodisalar oqibatida Turkiyada tobora chuqurlashayotgan diniy tarqoqlik yanada kuchayishidan xavotirda:
“Matbuot hamma narsani aynan shu – islom yoki sunniy va shialarga bo’linish orqali yoritishga odatlangan. Muammo shunda. Buning oqibatlari yomon bo’lishi aniq. Dunyoni bunday tahlil qilish noto’g’ri. Turkiya uchun diniy tarqoqlik va ajralish girdobiga sho’ng’ish nihoyatda xavfli”.
Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog’an Suriya nizosida aynan sunniylar tarafini olayotganlikda ayblanadi. Biroq ayblovlarni asossiz deb keladi.