Turkiya gaz tadqiqoti yuzasidan o’z huquqlarini talab qilib Kipr yaqiniga harbiy kemalarini jo'natdi.
“Turkiya o’z haq-huquqlarini hamda qit’adagi Turk Kiprini himoya qilish ahdida qat'iy’, - deyiladi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Turkiyaning ikki harbiy kemasi va bitta suv osti kemasi “G’arbiy Kapella" tadqiqot kemasini kuzatyapti. Kema Fransiyaning "Total" kompaniyasi va Italiyaning ENI energetik firmasi kelishuvi ostida 12-iyul kuni burg’ulash ishlarini boshlab yubordi. Xalqaro hamjamiyat orol janubidagi grek hukumatini Kiprning yagona qonuniy hukumati deb biladi. Shu bois kompaniyalar energiya manbalarizni izlashda grek ma’muriyatidan ruxsatnoma olgan.
1974-yildan beri Kipr oroli ikkiga bo'lingan. Kipr turklari nazoratidagi qismi faqat Anqara tomonidan tan olingan.
Anqara bu oroldagi energiya resurslari taqdiri Kipr turklari ishtirokisiz hal qilinmasligi kerak, degan fikrda.
“Biz bir tomonlama qarashlarga befarq bo’la olmaymiz. Ayni damda Energiya vazirligi bilan nima qilishimizni rejalashtiryapmiz”, - dedi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chovusho’g’li
Nikosiya rasmiylari bu ziddiyatni pisand qilmagandek.
“Biz har qanday vaziyatga tayyormiz, - deydi Grek-Kipr Energiya vaziri Jorj Lakkotripis. - Turkiya talashishdan qolmasligini tushunsak-da, janjallashgandan ko’ra o'z ishlarimizga e’tiborimizni qaratsak to’g’riroq bo’lardi”.
Greklar endi qanday yo’l tutishi noma’lum. Ular Yevropa Ittifoqi a’zosi va shu bois kuchli diplomatik qo'llab-quvvatlovga ega. Gretsiya Bosh vaziri Aleksis Tsipras Turkiyaning qarashlarini nazar-pisand qilmasligini aytdi.
“Bir maqol esimga tushib ketdi: eng yaxshi qo'riqchi it eng ko'p vovullaydigani emas. Yaxshi qo'riqchi bo'lish uchun ko'p vovullash shart emas. Bekorchi gap talashgandan ko’ra, o’z haq-huquqlarimizni himoya qilamiz”, - dedi u.
Turkiya Gretsiya siyosatchilari so’zlariga qattiq e’tiroz bildirmoqda. Turkiyaga hurmatsizlik bu, deya norozi Anqara rasmiylari. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog’an xalqaro konferensiyada shu mavzuni ko’tardi va greklarning sovuqqonligi o’rtadagi do’stlikka putr yetkazishini aytdi.
Turkiyaning sobiq elchisi Mithat Rende, O’rta Yer energiya resurslari mutaxassisi sifatida oroldagi resurslar har ikkala davlatga tegishli ekanini va ular kelishib qaror chiqarishi zarurligini aytadi.
O’rtadagi ziddiyatlar hozircha nazorat ostida. Lekin har ikki davlat bir qarorga kelmaguncha vaziyat hamon qaltis.
Energiya va gaz tadqiqoti ustidagi to’polonlar BMTning bu orolni qayta birlashtirish harakatlari muvaffaqiyatsiz yakunlangandan keyin avj oldi.
“10 kunlik mazmunsiz gaplarning oqibatida muammo yechim topmadi, uning o’rniga yangi muamolar chiqib keldi”, - deydi Turkiya tashqi ishlar vaziri.
Bu muzokaralarda har ikki tomon ham bir-birini ayblayapti.
"O’rta Yerning sharqiy hududida gaz, neft boyliklarining ochilishi Turkiya uchun Yevropa bilan muzokaralarda muhim. Lekin iqtisodiy manfaatlar yuzasidan kelishib olishdan oldin siyosiy kelishmovchiliklarni bir yoqli qilish kerak", - deydi kuzatuvchilardan biri Semih Idiz.
Facebook Forum