Breaking News

Donbassning bir qismiga cheklangan avtonomiya beriladi


Prezident Petro Poroshenko parlamentda so'zlamoqda
Prezident Petro Poroshenko parlamentda so'zlamoqda

Ukraina parlamenti sharqdagi Donetsk va Lugansk viloyatlarining bir qismiga kattaroq vakolat berishga qaratilgan qonun loyihasini ma'qulladi.

Prezident Petro Poroshenko tomonidan parlamentga kiritilgan qonun fevral oyida Minskda imzolangan bitim bilan hamohang ekani aytilmoqda.

Bu viloyatlarning bir qismida ayirmachi kuchlar o'z hokimiyatini o'rnatib, Ukraina armiyasi bilan bir necha oydan beri kurashmoqda.

AQSh davlat kotibining yordamchisi Viktoriya Nuland Kiyevda bo'lib, konstitutsion o'zgarishga harakatni o'tgan yil aprelidan beri 6500 odamning yostig'ini quritgan mojaroga botgan mamlakat uchun ijobiy hol, dedi.

Bo'lginchi kuchlar Donbassga maxsus maqom berilishini talab qilib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG