Breaking News

Dastlabki hisoblarga ko'ra, Poroshenko saylovda g'alaba qildi


Ukraina prezidentligi uchun poygada, dastlabki hisoblarga ko'ra, shokoladchi-milliarder Petro Poroshenko 55,9 foiz ovoz to'plagan. Sobiq bosh vazira Yuliya Timoshenko 12 foiz ovoz bilan ikkinchi o'rinda. Yakuniy natijalar dushanba e'lon qilinadi.

Saylov - Ukrainani birlashtirish yo’lidagi eng muhim tadbir deya baholanadi. Kiyev va boshqa shaharlarda fuqarolar unda faol qatnashdi.
Ukraina xalqi prezidentga ovoz berayapti/Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:47 0:00
Yuklab oling

Mamlakat bo’ylab 30 mingdan oshiq saylov uchastkalari tashkil qilingan. Ammo rossiyaparast kuchlar nazorat qilayotgan Donetsk va Lugansk viloyatlarida aksar uchastkalar ochilmagan yoki barbod qilingan.

Nomzodlar 50 foizdan ko’p ovoz ololmagan taqdirda saylovning ikkinchi bosqichi 15 iyunda o'tishi kutilgan edi.

Kiyevda ovoz bergan Petro Poroshenko jurnalistlar bilan suhbatda saylovning birinchi bosqichidayoq natija aniqlanishiga ishonch bildirgan. Agar g’alaba qilsam, deydi u, Ukrainadagi vaziyatni barqarorlashtirish ustuvor masala.

Poroshenkoning asosiy raqibi Yuliya Timoshenko esa Dnepropetrovsk shahrida ovoz berdi. Sobiq vazira mamlakat NATOga a’zo bo’lishi yuzasidan referendum o’tkazish lozimligini ta’kidlaydi.

Markaziy saylov komissiyasi ham, to’rt mingdan ziyod kuzatuvchilar ham ukrainlar saylovda faol qatnashganini qayd etadi. Ko’pchilik mamlakat yangi bosqichga qadam qo’yishidan umidvor.

Donetsk va Lugansk viloyatlarida ovoz berish jarayoni turli to’sqinliklarga uchragan. Saylov komissiyasi a’zolariga nisbatan hujumlar qayd etilgan.

Kiyevda ham ayrim saylov uchastklarini noma’lum guruhlar tomonidan to’sib qo’yishga harakat qilgan, biroq bu holatlar tezda bartaraf etilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina saylovlari natijasini tan olishini aytmoqda. Bo’lajak rahbar sharqda harbiy operatsiyalarga chek qo’yadi degan umiddamiz, deydi u.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG