Breaking News

Slavyanskda uch odam o'ldirildi. Rossiya ukrainalik millatchilarni ayblamoqda


Ukrainaning Slavyansk shahri yonidagi Bulbasika qishlog'i, rossiyaparast kuchlar o'rnatgan nazorat punkti, 20-aprel, 2014-yil
Ukrainaning Slavyansk shahri yonidagi Bulbasika qishlog'i, rossiyaparast kuchlar o'rnatgan nazorat punkti, 20-aprel, 2014-yil
Rossiya hukumati Ukraina sharqida uch kishining o’limiga sabab bo’lgan otishmadan g’azabda ekanini bildirmoqda. Ukraina rasmiylari voqea o’rganilmoqda, nima bo’lgani hali aniqmas desa, Donetsk viloyatining Slavyansk shahridagi rossiyaparast faollar uch safdoshi otib ketilganini aytmoqda.

Ular aybni radikal “O’ng sektor” guruhiga qo’ymoqda. Bugun shahardan chiqishda bir odam qo’lga olingan. Uning guruh a’zosi ekani aytilmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, bu voqea Kiyevdagi muvaqqat hukumatda millatchi jangari va ekstremistlarni qurolsizlantirish istagi yo’qligini namoyish etmoqda.

“O’ng sektor” otishmaga aloqadorligini inkor etib, Rossiya maxsus kuchlarini bu ishning orqasida turganini aytmoqda.

Payshanba kuni Jenevada AQSh, Rossiya, Yevropa Ittifoqi va Ukraina bosh diplomatlari muzokara qilib, mamlakatdagi barcha norasmiy guruhlar qurosizlanishi kerakligiga kelishib olgan edi.

Shundan so’ng Kiyev sharqdagi aksilterror amaliyotni vaqtincha to’xtatgani haqida ma’lum qildi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Deshitsaning aytishicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatga kuzatuvchilarini yubormoqchi.

Sharqiy viloyatlarda davlat idoralarini ishg’ol qilgan kuchlar muvaqqat hukumat istefo bersagina, qurollarimizni tashlaymiz, demoqda.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko’ra, Ukrainada vziyat keskinlashar ekan, Rossiya bu mamlakat chegarasida qo’shimcha askarlarini safarbar etgan.

AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya Jenevada kelishilgan bitim shartlarini buzsa, unga qarshi qo’shimcha sanksiyalar joriy etilishini bildirmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG