Ukraina harbiylarining aytishicha, rus ayirmachilari bilan otishmada to'rt askar o'lgan, sakkiz nafari jarohatlangan.
Oxirgi 24 soatda 30 bor o'qqa tutildik, deydi Ukraina armiyasi matbuot kotibi Andrey Lysenko.
U Ukraina sharqiga Rossiyadan navbatdagi yuklar karvoni yetib borgani bilan bog'liq bu hujum, deydi.
Bu orada, Germaniya kansleri Angela Merkel so'zlariga ko'ra, Ukrainadagi voqealar bois Rossiyaga qo'yilgan sanksiyalar olib tashlanishi mumkin. Faqat Moskva to'rt oy oldin imzolangan sulhga amal qilishi kerak.
Sentabrda Minskda erishilgan sulhga amal qilinayapti, deydi Merkel. Otishma to'xtatilgani rost, lekin kelishuv hanuz nihoyatda mo'rt, deydi Germaniya kansleri.
Angela Merkel Berlinda Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk bilan qo'shma matbuot anjumanida qatnashdi. Yatsenyuk nazarida Rossiya Minsk bitimini behurmat qilib kelmoqda.
Bu kelishuvga ko'ra, taraflar qurolini tashlashi, askarlar va og'ir aslaha Ukraina sharqidagi Rossiyaga moyil isyonchilar hududidan olib chiqilishi kerak edi.