Breaking News

2030-yilga borib OITS epidemiyasi barham topishi mumkin


BMTning OITS bo'yicha maxsus dasturi rahbari Maykl Sidibe (o'rtada) Melburndagi xalqaro anjumanda. 20-iyul 2014-yil.
BMTning OITS bo'yicha maxsus dasturi rahbari Maykl Sidibe (o'rtada) Melburndagi xalqaro anjumanda. 20-iyul 2014-yil.

BMTning Odam immuniteti taqchilligi sindromi (OITS, rus tilida - СПИД) bo’yicha maxsus dasturi yaqinda e’lon qilgan hisobotga ko’ra, 2030-yilga borib xavfli kasallik epidemiyasini batamom to’xtatish mumkin. Buning uchun e’tiborsiz qolgan, ya’ni jamiyatda jinoyatchi yoki axloqsiz deya tamg’alangan odamlar ham muolaja olishi kerak. Dunyo bo’ylab millionlab bunday odamlar bor. Shu hafta Avstraliyaning Melburn shahrida o’tayotgan xalqaro anjumanda ham aynan shu masalalar muhokamada.

OITS epidemiyasi 2030-yilgacha barham topishi mumkin - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:35 0:00
Yuklab oling

O’tgan yillar ichida orttirilgan immunitet taqchilligi virusi (OITV, rus tilida - ВИЧ) tarqalishi va kasallikdan o’lish hollari kamaydi. 2013-yilda u bilan yashayotganlar soni 35 million odamni tashkil etgan. Yangi yuqtirganlar - 2,1 million. 1,5 million kishi kasallikdan vafot etgan.

Bu xavfli kasallik bo’yicha Afrika birinchi o’rinda. Undan keyin esa Osiyo-Tinch okeani mintaqasi. Bemorlarning 13 million nafari aksil-retrovirus muolaja oladi.

Ammo hisobotga ko’ra, millionlab odamlar davolanmayapti. Ular orasida erkaklar bilan jinsiy aloqaga kiradigan erkaklar, jinsini o’zgartirgan odamlar, jinsiy xizmatlar ko’rsatadigan ayol va erkaklar hamda narkomanlar va mahbuslar bor.

BMT tahlilicha, virus bilan yashayotgan 35 million odamdan 19 millioni uni yuqtirganini bilmaydi. Ularning aksariyati aynan yuqorida qayd etilgan guruhlarning vakillaridir.

BMT maxsus dasturi rahbari Maykl Sidibe deydiki, bu odamlar davolanmas ekan, xavfli kasallikni to’la nazorat qilishning iloji yo’q.

“Bemorlarni aniqlab, davolay boshlamasak, OITS epidemiyasiga chek qo’yolmaymiz. Hisobotda e’tiborsiz qolib ketgan odamlar haqida juda muhim ma’lumotlar keltirilgan. Agar 19 million odam kasalligini bilmasa, nobud bo’ladi. Lekin ular bundan xabar topsa, muolaja ola boshlaydi va sog’lom hayot kechiradi,” - deydi u.

Doktor Sidibe so’zlariga ko’ra, 2030-yilga borib epidemiyani batamom to’xtatish mumkin, ammo buning uchun 2020-yilgacha barcha bemorlar davolana boshlashi kerak.

Shunday imkoniyatlar mavjudligiga qaramay katta-katta mamlakatlar hamon OITS epidemiyasi girdobida qolmoqda. Davolanayotganlar kam, bemorlar soni kamaymayapti.

BMT hisobotida qayd etilishicha, epidemiyani tugatish uchun e’tiborsiz qolgan, virusni yuqtirishi ehtimoli kattaroq bo’lgan, jamiyat tomonidan jinoyatchi yoki axloqsiz deya tamg’alangan guruhlar vakillari kerakli muolaja olishi lozim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG