Breaking News

Falastinda tantanalar, Isroil nazarida BMT qarori "siyosiy tomosha"


BMT Bosh Assambleyasi Falastinni davlat sifatida tan oldi. Isroil buni “siyosiy tomosha” deya tanqid qilmoqda.

BMT Falastinni davlat deb tan oldi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:35 0:00
Yuklab oling

BMT Bosh Assambleyasi Falastinni davlat sifatida tan oldi. Isroil buni “siyosiy tomosha” deya tanqid qilmoqda. Falastin prezidenti Mahmud Abbos BMT minbaridan turib, “bizga tug’ilish haqidagi guvohnomani bering" deya xalqaro hamjamiyatga murojaat qilgan.

Mahmud Abbosning nutqidan so’ng masala ovozga qo’yildi va 193 davlatdan 138 tasi uni qo’llab-quvvatladi. Falastin endi BMTga a’zo bo’lmagan kuzatuvchi davlat degan maqomga ega.

Rezolyutsiyani Yevropaning 14 davlati qo’llab-quvvatladi. Britaniya, Germaniya va qit’aning yana 10 mamlakati betaraf. Chexiya Respublikasi qarshi ovoz berdi. Yo'q deb chiqqanlar orasida Qo’shma Shtatlar, Kanada, Isroil va Panama ham bor.

“Bizni qo’llab-quvvatlagan har bir ovoz qadri biz uchun bebaho, bu jasorat belgisidir”, - dedi Falastin rahbari Mahmud Abbos.

Uning ta’kidlashicha, Falastin talabini qondirish uchun ovoz bergan har bir davlat dunyo xalqlarining erkinlik va tinchlik uchun huquqlari hamda xalqaro huquq tamoyillarini qo’llab-quvvatlagan.

Falastinning yangi maqomi unga BMTdagi debatlarda qatnashish, Xalqaro Jinoiy Sud singari organlarga a’zo bo’lish imkonini beradi.

Bosh Assambleya qarori ketidan Iordan daryosining g’arbiy sohilida, Ramalloh shahrida tantanalar…

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davuto'g'li BMT Bosh Assambleyasida nutq so’zlab, jumladan shunday dedi:

“Bir narsani aniq aytishim kerak. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar bilan bir qatorda Falastin bayrog’i ham hilpirab turmas ekan, biz adolat, xalqaro tartib va inson huquqlari borasidagi maqsadlarimizga erisha olmaymiz. Bu kun ham keladi hali".

AQShning BMTdagi elchisi Syuzan Rays rezolyutsiyani tinchlik yo’lidagi yana bir to’siq deya qoraladi.

“Bugungi gulduros qarsaklar tovushi o’chadi. Falastin ahli hayot zarracha ham o’zgarmagani va tinchlik istiqboli yanada uzoqlashganini anglab yetadi”, - dedi diplomat.

Vashington pozitsiyasi shuki, Falastin xalqaro muassasalar orqali emas, balki Isroil bilan yuzma-yuz muzoraka qilib, chegara va hududiy tortishuvlar borasida kelishib olishi lozim.

Isrolning BMTdagi elchisi Ron Prosor fikricha Falastinning yangi maqomi tinchlik jarayonini tezlashtirmaydi, vaziyatni o’zgartirmaydi.

“Siz bugun dunyodan Falastinni e’tirof etishni so’radingiz, lekin Isroilni tan olganingizcha yo’q”, - dedi u.

Falastin Tashqi ishlar vaziri Riyod Malikiyga ko’ra, Bosh Assambleyadagi g’alaba falastinliklar kuchiga kuch qo’shdi va Isroil bilan tinchlik muzokaralariga qaytish maqsad qilingan.

Ko’pchilikni o’ylantirayotgan savol – bu yog’I nima bo’ladi? BMT qarorining iqtisodiy va siyosiy oqibatlari jiddiy bo’lishi mumkin. AQSh Kongressi Falastinga hamda u qo’shilishi mumkin bo'lgan xalqaro agentliklarga mablag’ni to’xtatishi ehtimoli katta. Yahudiy davlati arab mahallalarda qurilishni yanada kengaytiradi degan xavotir bor.

Boshqa tarafdan, deydi ekspertlar, tinchlik muzokaralarini qayta boshlash va murosaga erishish ehtimoli ham oshdi.

G'azo, G'arbiy sohil va Yaqin Sharqning boshqa qismlarida tantana:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG