Breaking News

BMT: Radikalizmga qarshi kurashda yoshlar faolroq bo'lsin


Yoshlar va radikalizm, BMTning yangi rezolyutsiyasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:19 0:00

Dunyo hamjamiyati terrorizmga qarshi global kurashda harbiy, moliyaviy va iqtisodiy choralar qo’llab kelmoqda. Terrorchilarni moliyadan ayirish, manzillarini bombardimon qilish va sanksiyalar bilan jazolash shular jumlasidan.

BMT Xavfsizlik Kengashi o’tgan hafta ma’qullagan rezolyutsiya yoshlar orasida radikalizmni bartaraf etishga qaratilgan.

Bugun dunyo aholisining katta qismini yoshlar tashkil etadi. 10 yoshdan 24 yoshgacha bo’lgan odamlar soni - 1,8 milliard.

Aksariyati rivojlanayotgan davlatlarda yashaydi. Ko’pisi kambag’al, savodsiz va ishsiz. Ular “Islomiy davlat” singari esktremist guruhlar uchun oson o’lja.

“Radikal to’dalar aynan yoshlar orasidan o’ziga a’zolarni qidirishi sir emas”, - deydi BMT maxsus vakili Ahmad Alhendavi. Shuning uchun ularni ko’pincha zo’ravonlik boshida turganlar yoki zo’ravonlik qurboni deb tasvirlaymiz. Bunday yanglish tasavvurlarni o’zgartirish kerak, deydi u.

BMT Xavfsizlik Kengashida bir ovozdan ma’qullangan rezolyutsiya hukumatlarni mojaro zonalarida yoshlarni yaxshiroq himoya qilishga, tinchlik muzokaralarida ularga ham joy ajratishga undaydi.

Iordaniya tayyorlagan va olg’a surgan hujjatda radikalizmga yetaklaydigan omillarni aniqlash va bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilgan.

“Uzoq muddatli ijtimoiy taraqqiyot loyihalarini ishlab chiqish bag’oyat muhim. Toki yoshlar qirg’in vositasiga aylanmasin, bunyodkorlik ishlarida faolroq qatnasha olsin”, - deydi Iordaniya elchisi Dina Kavar.

Bu degani - ayniqsa notinch o’lkalarda yashaydigan 600 million yoshlar bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun sharoit yaratish kerak. Ijtimoiy tarmoqlarda ham gap ko’p.

“Bilamizki, Twitter tarmog’ida “Islomiy davlat”ning 50 ming tarafdori bor. Ular kuniga 90 ming yozuv qoldiradi. Yoshlarning ularga ergashishiga yo’l qo’ymaslik kerak”, - deydi Ahmad Alhendavi.

Internet va zamonaviy texnologiyalar terrorchilar qo’lida eng kuchli qurol. Yoshlar ularning qarmog’iga ilinmasligi uchun global hamkorlik zarur, deyiladi BMT rezolyutsiyasida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG