Breaking News

Vashingtonda Afg’oniston kelajagi muhokamada


Hamid Karzay Senatda respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonel bilan suhbatda
Hamid Karzay Senatda respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonel bilan suhbatda
Vashingtonda mehmon bo’lib turgan afg’on prezidenti Hamid Karzay ertaga Barak Obama huzurida bo’ladi. Bugun esa Mudofaa vaziri Leon Panetta va Davlat kotibasi Xillari Klinton bilan uchrashdi.

Hamid Karzay senatorlar bilan uchrashdi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:08 0:00
Yuklab oling

Panetta ham, Klinton ham Afg'onistondagi missiyaning "oxirgi bosqichidamiz" deydi. Bu xalq endi o'z taqdirini o'z qoliga olmoqda, deydi ular.

Hamid Karzay kecha Kongressda senatorlar bilan ko'rishib, Afg’oniston kelajagini muhokama qilgan, biroq muloqot tafsilotlari ma’lum emas.

Ertaga Oq uydagi muhokamalar ko’p savollarga oydinlik kiritishi kutilmoqda. NATO qo’shinlari 2014-yil oxirida Afg’onistonni tark etganidan so’ng u yerda qancha zobit qolishi shular jumlasidan.

Amaldagi reja amerikalik 68 ming askarning deyarli hammasini vatanga qaytarishni ko’zlaydi. Ammo shart shuki, kelasi ikki yilda mahalliy armiya xavfsizlikni ta’minlash vazifasiga tayyor bo’lishi kerak.

Agar AQShning bir harbiy bo’linmasi Afg’onistonda qoladigan bo’lsa, uning roli nimadan iborat bo’lishi ham hozircha mavhum.

Ayrim tahlilchilar nazarida xorijiy qo’shinlar ketishi Tolibonga qo’l keladi. AQSh armiyasining iste’fodagi polkovnigi Tomas Linch “Toliboniston” nomli yangi kitob mualliflaridan biri.

“Afg’oniston va mintaqadagi hozirgi dinamika shundayki, chet el zobitlarini shoshilinch ravishda olib chiqish xato bo’ladi. Mahalliy armiya va xavfsizlik kuchlariga anchagina treyning kerak, ayniqsa, kontr-terroristik operatsiyalarni o’tkazish bo’yicha”, - deydi Linch.

“Toliboniston” kitobining yana bir muallifi Brayan Fishman Afg’oniston o’zini boshqara olishiga ishonmaydi.

“Gap Afg’oniston hukumati zaif, layoqatsiz ekanida. NATO qo’shinlarini olib chiqsa, Tolibon Kobulni darhol bosib oladi demayapman. Ammo iqtisodiy-harbiy ko’mak to’xtatilsa fuqaro urushi alanga olishiga shubha yo’q”, - deydi Fishman.

Prezident Hamid Karzay chet el zobitlarining qaltis harakatlari tufayli oddiy odamlar halok bo’lgan hollarni keskin tanqid qilgan bo’lsada, AQSh uning mamlakati bilan hamkorlikni uzmaydi degan umidda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG