Breaking News

Vashington, Kobul askar qoldirish borasida hanuz kelishmadi


Afg'oniston xavfsizligi, AQSh rejalari/US-Afghanistan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:30 0:00

Afg'oniston xavfsizligi, AQSh rejalari/US-Afghanistan

Pentagonning bildirishicha, AQSh 2014-yildan keyin ham Afg’onistonga ko’maklashishda davom etadi. Ammo amerikalik zobitlar bu o’lkada qolishi uchun avval orada shartnoma imzolanishi kerak.
Vashington, Kobul xavfsizlik borasida hanuz kelishmadi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:31 0:00
Yuklab oling

Ayni paytda bu boradagi muzokaralar to’xtab qolgan, chunki prezident Hamid Karzay Vashingtonning Tolibon bilan maxfiy gaplashayotganidan norozi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobicha, Afg’onistonda joriy yilda tinch aholi orasida o’lim hollari 23 foizga oshgan. Kelasi yili xalqaro qo’shinlar bu yurtni tark etganidan keyin nima bo’ladi? Bu savolga hozircha javob berish mushkul.

AQSh Afg’onistonda bir necha yuz askarini qoldirishi kerak, deydi Vashingtondagi Milliy mudofaa institutidan Tomas Linch.

“AQSh va boshqa davlatlar treningidan o’tgan afg’on armiyasi hanuz xavfsizlik uchun javobgarlikni to’liq o’z zimmasiga olishga tayyor emas. Masalan, logistika jihatidan va razvedka operatsiyalarida ular oqsaydi. Ularning yonida xorijiy murabbiylar bo’lishi muhim”, - deydi u.

Tahlilchilarga ko’ra, Vashington va Kobul araz ustida to’xtab qolgan xavfsizlik muzokaralarini davom ettirishi lozim. Agar ikki davlat til topishmasa, Tolibon bundan foyda ko’radi, deydi siyosatshunos Maykl Oxanlon:

“Ittifoqchilar hovridan tushib, dushmanni qanday yengish haqida o’ylasin. Prezident Karzayga maslahatim – muzokara stoliga qayting”.

Xo’sh, AQSh-Afg’oniston kelishuvida nima haqda gap ketadi? Tomas Linch hujjatning nozik jihatlarini shunday tushuntiradi:

“Askarlar Afg’onistonda qolishi uchun AQSh muayyan shartlar qo’ymoqda. Deylik, Amerika askari u yerda biror jinoyat sodir etsa, mahalliy qonunlar unga o’tmaydi. U vataniga jo’natilib, harbiy sud oldida javob berishi kerak”.

AQSh qo’shin qoldirishidan maqsad nima ekanini afg’onlarga tushuntirish ham muhim.

Maykl Oxanlonning aytishicha, AQSh Afg’oniston kelajagi va xavfsizligi haqida qayg’urayotganini mahalliy aholi bilishi kerak.

“Tomonlar til topishib, qoidalar belgilab olinsa, 2014-yildan keyin ham madad beramiz. Tolibon bilan maxfiy muzokara qilmaymiz, deb Amerika va’da bersin”, - deydi tahlilchi.

Yaqinda Pokistonga safar qilgan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Afg’onistonda ishni oxirigacha yetkazamiz va kelishuv imzolanishiga oz qoldi, deya ishonch bildirdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG