Immunitet taqchilligi virusi va sindromi, VICh/SPIDga qarshi kurashning eng effektiv yo’li, deydi shifokorlar, muntazam ravishda ko’rikdan o’tib turish. Dunyo bo’ylab har yili millionlab odamlar uni yuqtiradi.
Emi Krautvurst Vashingtondagi Uitman Uoker klinikasida Vich/SPIDni tekshirish uchun bepul qon oladi.
Bir tomchi qon kifoya. 15 daqiqadan so’ng natija tayyor.
Shunga qaramay ko’plar asabiylashadi, deydi Krautvurst.
“Kasalikka chalingan odam jamiyatdan ajralib qoladi. Bu virus organizmni o’ldiradi, degan qo’rquv bor-da,” - tushuntiradi u. “Aslida dunyodagi har bir odam, ha, har bir odam mana shunday testdan o’tishi kerak”.
Megan Deyvis - klinika direktori. VICh tarqalishining oldini olish uchun uni vaqtida aniqlash kerak, deydi u.
“Mavjud dorilar organizmdagi virus hajmini kamaytiradi. Masalan, VICh virusini. Ha, gap hajmda. Virus hajmi qancha baland bo’lsa, uning boshqalarga yuqishi ehtimoli ham shuncha katta-da. Kam bo’lsa, tahdid ham kamayadi”.
Shu yil yozda Vashingtonda SPIDga bag’ishlangan katta xalqaro konferentsiya bo’lib o’tdi. Unda eng muhimi kasallikning oldini olish ekani qayta-qayta ta’kidlandi. AQSh delegatsiyasi yoshi 15 dan 65 gacha bo’lgan barcha fuqarolarning qonini olib, tekshirishni tavsiya qildi.
Amerikada kasallikka chalingan 1,1 million odam bor. SPID bo’yicha mutaxassis doktor Kennet Mayer deydiki, ular zarur muolaja olsa, normal hayot kechirishi mumkin.
“Lekin muammo shundaki, yiliga 50 ming odam bu virusni yuqtiradi. 200 mingdan ziyod amerikalik aslida kasal ekanini bilmaydi,” - deydi mutaxassis.
Dunyo bo’ylab 34 million odam VICh bilan yashaydi. O’tgan yillarda bu xavli virusning tarqashi sur’atlari Afrika mamlakatlarida ikki baravar kamaygan.
“Vaqti kelib hech bir bola virus bilan tug’ilmasligini ta’minlay olamiz. Bu bolalar katta bo’lar ekan, virusni yuqtirishi ehtimoli bugunga qaraganda ancha past bo’lishi aniq,”- deydi AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton.
SPIDdan xoli avlod shunchaki gap emas, yaqin kelajakda erishib bo’ladigan maqsad, deydi Klinton.