Breaking News

AQSh Suriya shimolida jangarilarni mashqdan o'tkazdi


Suriya shimolida AQSh treningdan o'tkazgan kurd jangchilari, Hasaka, Suriya, 20-yanvar, 2018
Suriya shimolida AQSh treningdan o'tkazgan kurd jangchilari, Hasaka, Suriya, 20-yanvar, 2018

AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriya shimolida terrorchilarga qarshi kurashayotgan guruhni treningdan o'tkazdi. Maqsad - ular chegarani himoya olishini ta'minlash. Suriya Demokratik Kuchlari deb nomlangan guruhning 500 jangchisi mashqdan o'tgan.

Kurdlar va boshqa mahalliy elat vakillaridan iborat to'da rahbarlarining "Amerika Ovozi"ga aytishicha, bu jangchilar endi 30 minglik qo'shin safiga kiradi. AQSh tomonidan quvvatlangan bu bo'linma "Islomiy davlat" terror guruhi bu hududga qaytmasligini ta'minlashi kerak.

“Chegaraning hamma tarafi suriyaliklar tomonidan qo'riqlanishi zarur. Biz bu vazifani bajarishga tayyormiz", - deydi Kani Ahmad, Suriya Demokratik Kuchlari qo'mondoni.

Suriya shimolida AQSh treningdan o'tkazgan kurd jangchilari
Suriya shimolida AQSh treningdan o'tkazgan kurd jangchilari

Pentagonga ko'ra, bu qo'shin strategik rol o'ynaydi. Ular tinchlik posponlariga aylanishi kerak, deydi rasmiylar.

Nafaqat terrorga qarshi kurashda balki Suriyada fuqarolik urushi yakunlanishida ham hissa qo'shishi lozim, deydi AQSh mayori Adrian Rankin-Gallovey.

O'tgan yilning oxirida ham AQSh 500 jangarini chegarachilikka tayyorlagan edi.

Bu kuchlar Turkiya bilan chegaradosh Kobani, Tal Abyad va Suluk shaharlariga safarbar etiladi.

“Ular safida kurd, arab va chaldiylar bor", - deydi qo'mondon Ahmad.

Pentagonning bildirishicha, bu zobitlar nafaqat chegarachi, balki boshqa uquv va malakaga ega askarlar.

Turkiya nazarida Suriya Demokratik Kuchlari va ayniqsa uning kurdlar yetakchiligidagi qanotlari terror guruhlaridir. Ular, deya qayd etadi Anqara rasmiylari, Kurdiston Ishchilar Partiyasidek G'arb ham terrorist deb biladigan kuch bilan apoq-chapoq. Vashington bu pozitsiyadan yiroq.

VIDEO: Suriyaning Hasaka shahridagi mashqlar

New Batch of US-backed Forces Graduate Border Protection Training in Northern Syria
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:16 0:00

Izzat Umar ismli askar Amerika zobitlaridan saboq olganidan xursand.

"Ular bizga yordamni to'xtatmaydi degan umiddamiz", - deydi Umar.

Yana bir jangchi, Adham Haydar:

“Turli qurollarni qanday ishlatishni o'rgandik. Strategiya va taktika borasida o'qitishdi. Chegara hududlarida qanday harakat qilish va eng muhimi, dushman nishonga olganida, inson hayotini qanday qilib saqlab qolish haqida bilim berishdi".

Vashington bu treninglar haqida ko'p ma'lumot bermaydi. Rasmiylar ularning ahamiyatini ham tushuntirmaydi. Mutasaddilar deydiki, eng muhimi Suriyada tezroq tinchlikka erishish.

Turkiya hukumati Amerikani chegarada armiya tayyorlayotganlikda ayblar ekan, Davlat kotibi Reks Tillerson buni inkor etib, Vashington tinchlikparvar guruhlarga yordam bermoqda xolos, deydi. Anqara esa bunga ishonmaydi va chegarada kurd jangchilarini nishonga olishda davom etmoqda.

Suriya shimolida AQSh treningdan o'tkazgan kurd jangchilari
Suriya shimolida AQSh treningdan o'tkazgan kurd jangchilari
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG