Breaking News

Sog’lom avlod toza tabiat talab qiladi


Toza havo tanga davo
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:02:49 0:00

Toza havo tanga davo

Havo ifloslanishi birinchi navbatda bolalar salomatligiga salbiy ta’sir qiladi. Los-Anjelesda o’tkazilgan tadqiqot natijasida havoning tozalinishi yosh avlod sog’lomroq bo’lishiga ulkan hissa qo’shishini isbotlagan. Bu esa boshqa katta shaharlar uchun saboq.

Janubiy Kaliforniya universiteti olimlari olib borgan 20 yillik tadqiqot natijalari shuni ko’rsatganki, Los-Anjelesda havo sifati hamda bolalar salomatligi birdek yaxshilangan.

O’rganilgan tumanlarda havodagi mayda qattiq zarrachalar 50 foizga, azot dioksid hajmi esa uchdan birga kamaygan.

Loyiha yetakchisi Jeyms Goderman deydiki, toza havo sabab bolalar o’pkasi sog’lomroq.

“Bu muvaffaqiyat mo’jiza bilan baravar, chunki mashinalarning ko’payishi va iqtisodiy faoliyatning jadallashishiga qaramay Los-Anjelesda havo sifati yaxshilandi. Izlanishimizga ko’ra, buning natijasida bolalarning o’pkasi yaxshiroq rivojlandi, hajmi kattalashdi, avvalgidan sog’lomroq”.

Bu esa nafas olish yo’llari va yurak bilan bog’liq kasalliklarni kamaytiradi. Inson uzoqroq umr ko’radi.

Bu mahalliy, shtat va federal idoralar xizmati muvaffaqiyatidir. Atmosferaga chiqadigan zararli gazlar hajmi kamaydi, choralar samara berdi, deydi olim Frank Jillilend.

"Manbalarni nazorat qilish ustida birgalikda uzoq vaqt davomida ishladik. Kelajakni ko’zlab ish tutish kerak. Avtomobillar motorlari o’zgardi, yonilg’i sifati ham yaxshilandi, dizelda ishlaydigan avtomobillar ko’paydi, portlardagi talablar oshdi. Oqibatda atmosferaga zararli gazlarning chiqarilishi kamaydi va havo tozalandi,” - deydi u.

Ekolog-faol Mark Lopez natijadan mamnun, lekin kelajakdan hamon xavotirda.

“Havo sifati yaxshlansa aholi salomatligi mustahkamroq bo’ladi. Shunda odamlar yana talablarga rioya qilmay qo’yishi mumkin. Havo tozaligi haqida qayg’urmay qo’yadi,” - deydi Lopez.

Xitoy va Hindistondagi katta shaharlarda havo Los-Anjelesga qaraganda ancha og’irroq, deydi olim Edvard Avol, ular o’rnak olishi kerak.

"Janubiy Kaliforniyada inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan og’ir zarrachalar va gazlar aynan yonish jarayonida atmosferaga chiqariladi. Dunyoning boshqa qismlarida, barcha shaharlarda ayni jarayon yuz beradi. Demak, havoni tozalashga bel bog’lasak, dunyoning boshqa mamlakatlarida ham shunday natijaga erishish mumkin. Natijada farzandlarimiz sog’lomroq bo’lib, uzoqroq umr ko’radi”.

Toza tabiat inson uchun har tomonlama foydali ekan, atrof-muhitni asrab-avaylash kerak. Tozalik hamisha salomatlik garovi bo’lib kelgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG