Xitoy AQSh rasmiylari bilan Gavayi shtatida o'tgan uchrashuv natijalarini yuqori baholamoqda. Qo'shma Shtatlar bilan yangi aloqa kanali yo'lga qo'yildi, deydi Xitoy rasmiylari.
"Shinxua" axborot agentligi muloqotni tahlil qilar ekan, rasmiy Vashington Xitoyning tobora o'sib borayotgan global ta'sirini tan olmoqda, deydi. Agentlikka ko'ra, rasmiy Pekin AQShning Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi rolining oshishiga qarshi emas, agar siyosat tinchlik va taraqqiyotga qaratilgan bo'lsa.
AQSh davlat kotibining yordamchisi Kurt Kempbellning aytishicha, tomonlar Janubiy Xitoy dengizi bilan bog'liq munozara xususida ham fikr almashgan. Tabiiy resurslarga boy hududga Xitoy va unga qo'shni bir necha mamlakat da'vo qiladi.Jumladan, Vyetnam va Filippin.
Bu davlatlar Janubiy Xitoy dengizini o'zining iqtisodiy zonasi deb hisoblab, Xitoyning u yerga harbiy kemalarni kiritganini qoralagan. Shanb kuni rasmiy Pekin Vyetnam bilan munozarani tinch yo'l bilan hal qilishga kelishib olgan.