Breaking News

Demokrat prezident, respublikachi spiker davlat qarzi yuzasidan kelisha olmadi


Demokrat prezident, respublikachi spiker davlat qarzi yuzasidan kelisha olmadi
Demokrat prezident, respublikachi spiker davlat qarzi yuzasidan kelisha olmadi

Ayni damlarda Oq Uyda prezident Barak Obama Kongressdagi yetakchi qonunchilar bilan davlat qarzi yuzasidan muzokara olib bormoqda.

Jon Beyner, Vakillar Palatasi spikeri
Jon Beyner, Vakillar Palatasi spikeri

Demokrat rahbar muxolifat, respublikachilar, bilan kelisha olmayapti. Kecha Vakillar Palatasi spikeri Jon Beyner muzokarani tark etdi.

Masalani prezidentsiz ham hal qilish mumkin, deydi u, Obamani qaysarlikda ayblar ekan.

Prezident va Kongress kelishishi uchun so’nggi muhlat – 2 avgust.

Vashingtonning yirik kreditori Xitoy, 1 trillion dollardan oshiq qarz bergan. Ikkinchi o’rinda esa Yaponiya – 900 milliard dollar.

Bir necha kunlik muzokaralar samara bermadi
Bir necha kunlik muzokaralar samara bermadi

Prezident ham Jon Beynerni qaysarlikda, murosa qilishdan bosh tortayotganlikda, so’zida turmay har kuni yangi bir talab bilan chiqayotganlikda ayblamoqda.

“Haqiqat shuki, Amerika uzoq yillardan beri ko’rpaga qarab oyoq uzatmay, daromad va kamomad masalasini chetga surib kelgan. Bu muammoni hal etish siyosatchilardan bir yoqadan bosh chiqarishni talab qiladi”, - deydi Obama.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG