Breaking News

AQShni mustaqil davlatga aylantirgan hujjatlar ko'rgazmada


Amerikaning nodir hujjatlari ko'rgazmada-Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:36 0:00
Yuklab oling

4-iyulda AQSh mustaqilligining 238 yilligi nishonlandi. 1776-yilda Amerika koloniyalari Buyuk Britaniyadan ajralib chiqqan. Bayram munosabati bilan Nyu-Yorkda Tomas Jefferson qo’li bilan yozilgan Mustaqillik deklaratsiyasining asl nusxasi hamda Amerika madhiyasining asl nusxasi ko’rgazmaga qo’yildi.

Nyu-York davlat kutubxonasiga kelganlar aynan shu hujjatni ko’raman deydi. Keyinchalik Amerikaning uchinchi prezidenti etib saylangan Tomas Jefferson yozgan Mustaqillik deklaratsiyasi. Ushbu hujjat ahamiyati nafaqat uning sahifalaridagi yozuvlarda, balki so’nggi nusxasiga kiritilmay qolgan qismlarida. Kutubxona direktori Enn Tornton izohicha:

“Jefferson deklaratsiyaning bu variantini o’z qo’li bilan yozib chiqqan. Hujjatning so’nggi holiga kiritilmagan joylari bor edi, shularni alohida qog’ozga tushirgan. Masalan, tugal hujjatda qullar savdosi haqidagi gaplar olib tashlangan edi, chunki mualliflar Janubdagi koloniyalarni ranjitishdan cho’chigan”.

Jeffersonning o’zi quldor bo’lganiga qaramay, qullar savdosini inson tabiatiga zid, shafqatsiz deb hisoblagan. Deklaratsiyaning qullar tilga olingan 11 nusxasi saqlanib qolgan, xolos. Bu Amerika davlati qanday qurilgani, o’sha paytdagi tortishuvlardan darak. Kutubxonaga kelganlar nima deydi?

Qizlarimga Mustaqillik deklaratsiyasini ko’rish naqadar noyob imkoniyat ekanini aytdim. Xalq o’tmishi, tarixni o’rganishning eng zo’r yo’li shu,” - deydi bu ota.

“Tariximizning juda muhim davri”, - deydi yana biri.

“Hujjatni o’z ko’zim bilan ko’rganimdan shodman”.

Nyu-Yorkdagi Morgan kutubxonasida esa AQSh madhiyasining nodir nusxasi saqlanadi. Bunaqadan dunyoda yana 10 dona bor, xolos. She’rni 1814-yilda shoir Frensis Skott Kei yozgan, uning qisqa varianti faqat 1931-yilga kelibgina madhiyaga aylangan. Morgan kutubxonasi xodimi Fransis Barulik birinchi nusxa xato borligi uchun noyob hisoblanishishini aytadi.

“Baltimor shahridan Tomas Karr ismli noshir she’rni birinchi bo’lib chop etmoqchi bo’lgan. Lekin shu qadar shoshganki, “patriotic” (vatanparvar) so’zida “t” harfini tushirib qoldirgan va u “pariotik”ka aylangan. Shu xatodan, bosmadan birinchi bo’lib chiqqan nusxani bilasiz,” - deydi u.

Xatolari, kamchiliklari bilan, bu hujjatlar yosh davlat taraqqiyotini xolis, bexato aks ettiradi.

AQSh mustaqillik deklaratsiyasi va madhiyasi - America's documents
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:45 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG