6-noyabr kuni amerikliklar nafaqat prezident, balki qonun chiqaruvchi oliy organ - Kongressning Vakillar Palatasi va Senati a’zolari uchun ham ovoz berdi.
Yangi muddatga saylangan Barak Obama saylov kampaniyasida olg’a surgan islohotlarini amalga oshirishi uchun Kongress bilan hamkorlik qilishga majbur.
So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, o’tgan saylovda Kongressdagi har ikki partiyaga tegishli o’rinlarda jiddiy o’zgarish kuzatilmagan. Respublikachilar Vakillar Palatasida, demokratlar esa Senatda aksariyat o’rinlarni saqlab qolgan.
Senatda demokratlar hukmron
Senatdagi jami 100 o'rindan 33 tasi uchun kurash olib borildi. Senatorlar olti yilga saylanadi.
Vakillar Palatasi a’zolari esa ikki yillik vakolatga ega. Demak, ushbu palata vakillari har ikki yilda qayta saylanadi.
Saylov natijasida demokratlarning Senatdagi o'rinlari soni kamida yana uchtaga oshgan. Hozir Kongress yuqori palatasidagi demokratlar soni 53 ta. Respublikachilar esa uchta o'rinni boy berib, ularning Senatdagi soni 45 taga tushgan. Qolgan ikki o’rinning kimga o’tishi hali noma’lum.
Indiana shtatidan demokrat Jo Donnelli, Massachusetts shtatidan esa demokrat Elizabet Uorren saylangan. Missuri shtatida ham demokrat Kler Makkaskill Senatga qayta saylangan. Virjiniyalik demokrat Tim Keyn ham yangi senatorlar qatorida.
Viskonsin shtatida Temmi Boldvin, Kongressda vakil sifatida xizmat qilib kelgan ayol, senatorlikka saylangan. U AQShdagi birinchi gomoseksual senator sifatida tarixga kirmoqda.
Vakillar Palatasi yana respublikachilar qo’lida
Kongressning Vakillar Palatasida 435 o’rinning barchasi ovozga qo’yildi. Hozircha jami o’rinlarning 232 tasi respublikachilar nazoratida. Demokratlar esa 191 o’rinni qo’lga kiritgan. Yana 12 ta o’rin uchun ovozlarni hisoblash davom etmoqda. Florida shtatidan respublikachi Allen Uest, Illinoysdan demokrat Tammi Dakuort, Minnesotadan esa respublikachi Mishel Bakman Vakillar palatasiga saylangani ma’lum.
Ikkinchi muddatga saylangan prezident Barak Obama oldidagi asosiy vazifa Kongress bilan til topishish. Oq Uy va qonunchilar orasidagi taranglik bois davlat byudjeti qabul qilinmagan. Boshqa muhim masalalar yuzasidan ham zarur qarorlar qabul qilinishi kerak.
Respublikachilar prezident o'zgaradi degan umidda Obama bilan murosa qilishdan bosh tortib kelayotgan edi. Ular prezidentni o'jar va va'daboz lider deb ataydi.
Obama esa respublikachilarni mas'uliyatsiz, xalq manfaatlarini unutgan arboblar deb biladi.
Oq Uy uchun kurashda Obamaga imkoniyatni boy bergan respublikachi Mitt Romni siyosatchilarni partiyabozlikni bas qilib, Amerika xalqi uchun birgalikda xizmat qilishga chaqirdi.