AQShda prezidentlikka da'vogar respublikachi arboblar bugun Illinoys shtatida kki shtatida bellashdi. Shanba kuni esa Luizianada partiyaviy saylovlar.
Massachusets sobiq gubernatori Mitt Romni o'tgan hafta Puerto-Rikoda g'alaba qozongach, Illinoysda ham birinchilikni qo'lga kiritdi. Rik Santorum, Pensilvaniya shtatidan sobiq senator, poygada ikkinchi o'rinda ketmoqda.
Asosiy saylov 6-noyabrda. Ba'zi tahlilchilar nazarida Vakillar Palatasining sobiq spikeri Nyut Gingrich Luizianada ham g'alaba qozona olmasa, Respublikachilar partiyasi rahbariyati undan poygadan chiqishni so'rashi mumkin. Ana o'shanda Gingrich yetakchi da'vogarlardan qay birini qo'llab-quvvatlashiga qarab yagona nomzod taqdiri hal bo'lishi mumkin.
Ammo sobiq spiker avgust oyida partiyaning Floridada bo'ladigan qurultoyigacha kurashishini aytgan. Qurultoyda noyabrdagi bosh saylovda demokrat Barak Obamaning raqibi rasman ma'lum qilinadi.