Breaking News

Luiziana shtati respublikachilari Rik Santorum uchun ovoz berdi


Chapdan, Rik va Santorum va Mitt Romni
Chapdan, Rik va Santorum va Mitt Romni

Amerikada respublikachilar prezidentlikka nomzod tanlash uchun shtatma-shtat saralash jarayonini davom ettirmoqda.

Maydonda to’rt da’vogar – Massachusetts shtati sobiq gubernatori Mitt Romni, Pensilvaniyadan sobiq senator Rik Santorum, Texasdan kongressmen Ron Pol va Vakillar Palatasining sobiq spikeri Nyut Gingrich.

Kecha Luiziana shtatidagi partiyaviy saylovda Rik Santorum g’olib chiqdi. Lekin poygada, umuman olganda, Mitt Romni oldinda.

Romni astalik bilan nufuzli respublikachilarning olqishiga sazovor bo’lmoqda. Kelasi oylarda partiya uning atrofida birlashadi, deydi siyosiy tahlilchilar.

Saralash jarayonidan g’alaba qozongan arbob nomzod sifatida ko'rsatilib, u 6-noyabrda prezidentlik uchun amaldagi rahbar, demokrat Barak Obama bilan bellashadi.

Amerika prezident saylovlari haqida maxsus sahifamizda bafurja ma'lumotlar olasiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG