Breaking News

Saylov-2012: Respublikachilar Mitt Romni atrofida birlashmoqda


Mitt Romni
Mitt Romni

Amerikada respublikachilar prezidentlikka nomzod tanlash bilan band. Maydonda uch da’vogar qoldi – Mitt Romni, Ron Pol va Nyut Gingrich. Rik Santorum yaqinda poygadan chiqdi. Ko’pchilik respublikachilar saralash jarayonida oldinda ketayotgan Romniga demokrat prezident Barak Obama bilan bellasha oladigan nomzod sifatida qaray boshlagan.

Oila a'zolari bilan turib, Rik Santorum poygadan chiqishini e'lon qildi. 10-aprel 2012.
Oila a'zolari bilan turib, Rik Santorum poygadan chiqishini e'lon qildi. 10-aprel 2012.
Pensilvaniyadan chiqqan sobiq senator Rik Santorum poygani tark etgani ko’plarni hayron qoldirdi.

Massachusetts shtati sobiq gubernatori Mitt Romni, tabiiyki, mamnun.

Gap shundaki, Santorum partiyaviy saylovda o’z shtati Pensilvaniyada ham boy berishi mumkin edi. Siyosatchi buni tushundi, deydi tahlilchi Tomas Mann.

Respublikachilarning lan’atiga uchramaslik uchun ham u poygadan chiqdi, deydi sharhlovchi.

So’nggi oylarda u Mitt Romnidan ancha orqada qoldi. Faqat 11 shtat respublikachilari uni qo'llab-quvvatladi.

Saylov kampaniyalari Amerikada bag’oyat qimmat jarayon. Da’vogarga millionlab dollarga tushadi. Romni shtatma-shtat g’alaba qilar ekan, Santorum nomzodlikni qo’lga ololmasligini anglab yetdi.

Qolgan ikki da’vogar Ron Pol va Nyu Gingrich Romniga yeta olmaydi, ammo kurashni davom ettirmoqda.

Yetakchi respublikachilar bir kishini quvvatlash vaqti yetdi deya bong urar ekan, Romni bor kuchini Obamaga qarshi targ’ibotga sarflay boshlagan.

Prezident ham saylovoldi harakatlarini jadallashtirgan.

Barak Obama qayta saylanish uchun kampaniyaga zo'r bermoqda
Barak Obama qayta saylanish uchun kampaniyaga zo'r bermoqda
Obama nafaqat demokratlar, balki mustaqil ovoz beruvchilarni ham o’z tomoniga og’dirishga urinmoqda.

6-noyabrgacha Romni respublikachilarni yanada birlashtirib, nafaqat o’z partiyasi balki butun Amerikaga ma’qul keladigan platforma bilan chiqishi kerak.

Siyosiy reklamalar, chiqishlar, uchrashuvlar, intervyu va davra suhbatlari - saylov kampaniyasining ajralmas qismi.

Omma fikrini o’rganib kelayotgan mutaxassis Piter Braun deydiki, respublikachi da’vogarlar orasidagi kurash qanchalik keskin kechsa, odamlarga ham shunchalik salbiy ta’sir qiladi, ya’ni ular partiyada yakdillik yo’q deb o’ylaydi.

Partiyaviy poyga qanchalik uzoqqa cho’zilsa, nomzod shuncha vaqt boy beradi. Chunki asosiy kurash bu raqib partiya nomzodini yengish.

Romni partiyadoshlari bilan ishlashga, ularga quloq tutishga tayyor ekanini aytmoqda.

“Birgalikda harakat qilib, Oq Uy va Senatni zabt etamiz. Vakillar Palatasidagi ustunlikni ham saqlab qolish niyatidamiz”,- deydi Romni.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG