Atrof-muhit muhofazasi uchun bu yilgi nufuzli Goldman xalqaro mukofoti Nyu-York shtatida tabiiy gaz qazib olinayotganida gidravlik maydalash uslubiga qarshi kurashayotgan advokatga berildi. Fraking deb ataladigan bu metod tabiatga ziyon, deydi sovrindor. Neft va gaz sanoati vakillari esa bu soha bezarar deydi.
Goldman mukofoti sovrindori Xelen Slottje Nyu-York shtatida advokat bo’lib ishlaydi. U frakingga qarshi. Bu tabiiy gazni qazib olish uslubi bo’lib, qo’llanganida slanets toshda teshik burg’ilanadi va teshikdan gaz barobarida suv hamda kimyoviy moddalar nasos bilan tortib olinadi.
Slottje fraking uslubini qo’llayotgan katta kompaniyaga qarshi jinoiy ish qo’zg’adi. Kompaniya sudda ishni yutib chiqdi. Shunga qaramay, advokat mahalliy qonunlarga ko’ra, gazni qazib olish ishlarini to’xtatish mumkinligini aniqlab, Nyu-York shtatining qator shaharlarida frakingni taqiqlashga muvaffaq bo’ldi.
Slottje Pensilvaniya shtatida shu uslub bois tabiatga yetgan zararni bir majlisda ko’rganidan so’ng kurashga bel bog’laganini eslaydi.
“Kimyoviy moddalarga to’la chuqurlar, kavlangan yerlar, ifloslangan suvlar va qurigan daraxtlar. Quvur mo’ljallangan joyda o’rmonlar yo’q qilingan”.
Ammo Amerika mustaqil neft assotsiasiyasining ta’lim bo’limi so’zlovchisi Stiv Everli xavf bor, lekin uni boshqarsa bo’ladi, deydi.
“Quduq qazilayotganida uning yonlari po’lat va sementning bir necha qavati bilan qoplanadi. Va bezararligi kafolatlanadi. Beshdan yettitagacha qavat quvurning ichini qoplaydi va atrofini, ya’ni yer osti suvlarini himoyalaydi. Atrofga zararli moddalar chiqmaydi”.
Ammo Slottje fraking atrof-muhitga zarar yetkazadi, deya quduqlarning uchdan bir qismi yorilib ketishini aytadi.
“Shuncha quduq qazilarkan, biz ichadigan suv ifloslanmoqda. Bundan tashqari, jarayonda havoga metan gazi chiqadi. Metan esa, bilganingizdek, atmosfera uchun nihoyatda zararli gaz. U issiqxonada chiqqan gazdek havoni zaharlaydi,” - deydi u.
Ammo Everlining ta’kidlashicha, fraking aslida karbonat angidrid zararli gazining kamaytirishi tadqiqotlar orqali isbotlangan. Fraking davom ettirilishi kerak, chunki bu odamlar uchun ish joylari va energiya, deydi u. Slottje esa qat’iyan qarshi.