Qozog’iston muzeylaridan saralab olingan eksponatlar hozir Vashingtonda ko’rgazmada. Bu buyumlar Oltoy va Tyanshan tog’lari oralab qatnagan ko’chmanchi xalqlar hayotidan hikoya qiladi. Nyu-York Universiteti va Qozog’iston hamkorligi mevasi bo’lmish loyiha tufayli qozog’istonlik arxeolog olimlar Amerikaga kelib, tajriba almashdi.
Buyumlar Vashington markazida, atrofi gullar bilan o’ralgan Frier-Sakler galereyasida (Freer Gallery of Art and Arthur M. Sackler Gallery, the Smithsonian) tomoshaga qo’yilgan. Amerikada Qozog’iston ko’chmanchi xalqlariga bag’ishlangan birinchi ko’rgazma.
Galereya kuratori doktor Aleksandr Nagel (Alexander Nagel) eramizdan avvalgi VIII-I asrlarda qadim Qozog’istonda ko’chib yurgan odamlar dunyosiga taklif qiladi bizni.
“Mamlakat sharqida oxirgi 10-15 yilda topilgan javohirot. Yog’och, metal, sopol, tilla, qimmatbaho toshlardan ishlangan nozik buyumlar. Ularga qarab, bu ko’chmanchilar sizu biz tasavvur qilgandan mukammalroq ekani, taraqqiy etganini tushunadi odam. Qozog’istondagi to’rt nufuzli muzeydan 150 dan ziyod buyumlar tanlab olindi”.
Eksponatlarning aksariyati 2300 yillik tarixga ega. Qozog’iston sharqida, Rossiya, Mo’g’uliston va Xitoy bilan chegara yaqinida, Berel qo’rg’onlaridan ehtiyotkorlik bilan qazib olingan. Har xil bezaklar, tiragich, idish, to’nog’ich, egar, nayza, o’tkir qurollar, xo’jalik jihozlari, zeb-ziynat…
Mualliflar ko’chmanchi xalqlar yurish-turishi, odatlarini yetkazib bermoqchi bo’ldik, deydi. Ko’rgazmada markaziy mavzulardan biri otlardir.
“Bu jonivorlar bugun ham, o’tmishda ham Qozog’iston xalqlari hayotining ajralmas qismi bo’lib kelgan. Go’shti, suti iste’mol qilinadi. Otlar savdoda muhim tovar edi. Suyaklari, masalan, uylarni qurishda qo’llangan”, - deydi doktor Nagel.
Aytishlaricha, otlar egalari bilan dafn etilgan. Olimlar buning ustida bugungacha bahslashib keladi. Ayrimlar taxminicha, ot egasi narigi dunyoda ham hamrohi bilan bo’lsin, otidan tushmasin, deb shunday qilingan bo’lishi mumkin, deydi doktor Nagel.
Qozog’iston sharqida harorat nisbatan past ekani bois yer ostida buyumlar shu qadar yaxshi saqlanganki, materiallar haligacha yaxlit. Masalan, egarning teridan ishlangan qolipi. Teriga chizilgan surat alohida bir san’at.
“Qozog’iston va O’zbekiston, umuman, mintaqadagi davlatlar haqida ko’p kashfiyotlar qilishimiz mumkin", - deydi Aleksandr Nagel. "Amerika ahli orasida bunga qiziqish katta. Tarix haqida gaplashish, o’zaro hamkorlikni oshirish, bilim olish biz uchun farz", - deydi u.
Professor Zaynolla Samashev ekspozitsiya uchun buyumlarni tanlashda bevosita qatnashgan. Qozog’istonda eng tajribali arxeolog olimlardan. Bu sohada 1968-yildan beri mehnat qiladi.
“Butun Qozog’istonni qamrash mumkin emas. Xronologiya, eksponatlar tabiati mutlaqo boshqacha. Qozog’iston g’arbidagi ko’chmanchi qabilalar butkul boshqa dunyo bilan qo’shnichilik, bordi-keldi qilgan. Qozog’istonning Yettisuv viloyati, sharqiy qismidagi ko’chmanchilar Xitoy va fors madaniyatlariga yaqin bo’lgan. Va biz aynan shu yondashuvda, sharqda to’xtashga qaror qildik. Bundan tashqari, eng ko’p arxeologik qazilmalar oxirgi 10 yilda Qozog’iston sharqida olib borilgan”, - deydi olim.
Qolgani kelgusi ko’rgazmalar uchun.
“Arxeologik obyektlarni asrab-avaylash borasida Amerikaning tajribasi beqiyos. Bu sohada ulardan ko’p narsani o’rganishimiz mumkin. Restavratsiya va konservatsiya bobida ishlar yo’lga qo’yilmas ekan, keng ko’lamli qazish ishlarini sabab-besabab o’tkazishdan naf yo’q. Bu muammoni Amerika va Yevropadagi boshqa davlatlarda sheriklar bilan hamkorlikda hal qilishni o’ylab qo’yganmiz. Kadrlarni tayyorlash, tajriba almashish haqiqatan muammoli masalalar”, - deydi arxeolog.
Ham Aleksandr Nagel, ham Zaynolla Samashev fikricha, arxeologiya bugun eng ommabop kasblardan biri bo’lib qolmoqda.
“Nafaqat bizda, balki 20 yil oldin mustaqillikka erishgan qo’shnilarda ham shunday ko’rinadi. Chunki istiqloldan keyin odamlar o’z madaniyati, ildizlari, ajdodlar tarixi haqida o’ylanib qoldi. Bu masalalarni hal etish uchun avvalo arxeologiyaga murojaat qilinadi. Markaziy Osiyo davlatlarida arxeologlar ko’p sayohat qilib, qazish ishlarida qatnashadi, kitoblar yozib chop etadi, jiddiy xalqaro anjumanlarda qatnashadi. Qozog’istonda bu kasb egalarining ahvoli yaxshi degan bo’lar edim”, - deydi Samashev.
Aleksandr Nagel yangi qurilish loyihalari amalga oshirilayotgan paytda doimo arxeologlar kerak bo’ladi, deydi.
“To’g’onlar qurayotib, necha-necha ming nodir buyumlarni yo’q qilib yuborish mumkin. Ana shunday hollarda arxeologlarga murojaat qilinadi. Agar tarix, gumanitar fanlarga qiziqsangiz, albatta arxeologiya dunyosiga kirib boqing. Ajoyib kasb. Har bir davlat bilim g’aznasi benihoya boyishiga hissa qo’shasiz shunda”, - deydi u.
Ko’zgazma noyabrgacha davom etadi. Ungacha esa konsertlar, ma’ruzalar, “Osiyoni tasavvur qil” shiori ostida yirik yig’in bo’ladi.

Qozog’iston va O’zbekiston, umuman, mintaqadagi davlatlar haqida ko’p kashfiyotlar qilishimiz mumkin...Aleks Nagel