Breaking News

Amerika dehqonlari GPS ayni muddao deydi


Bahorning so’nggi kunlari… Dehqon dalada. Amerikalik fermerlar ekin ekish va hosil olishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi. Kamroq o’g’it ishlatish, demak mahsulot narxini pasaytirish va tabiatni asrashda yordam beradi bu. Hozirgi kunda fermalar GPS navigatsiya tizimi bilan jihozlangan.

Amerikaning bepoyon dalalari... Fermer Bred Yustas GPSli traktorida yer haydayapti. Ariqlar xuddi ustara bilan kesgandek tekis. Ishni kompyuter nazorat qiladi. Siz ishni kuzatib o’tirasiz xolos.

“To’gri ariq olish ancha osonroq-da,” - deydi fermer.

A TomTom navigation device is seen in this photo illustration taken in Amsterdam, February 28, 2012.
A TomTom navigation device is seen in this photo illustration taken in Amsterdam, February 28, 2012.
GPSli kompyuter sun’iy yo’ldosh signallarini tutadi. Traktor qayerdaligi, qayerga ketayotganini nazorat qiladi.

Ishning barcha bosqichi kompyuyterlashgan. O’g’it ham o’lchab solinadi, tuproqqa tushgani mo’ljaldan kam ham, ko’p ham emas.

Jimmi Messik makka yetishtiradi. Ekinni GPS boshqarayotgan mashina ekadi.

“Kamroq urug’ ekiladi va o’g’it solinadi. Demak, pul ham ozroq sarflanadi. Hosil esa o’sha-osha”.

Messik ilgari ikki baravar ko’proq o’g’ir ishlatar edi. Uning 600 gektar yeri bor. Demak, hozirda o’nlab ming dollar tejalmoqda.

Tabiatga yetkazilayotgan zarar ham kamroq. O’g’it suvni ifloslaydi, deydi Virjiniya Texnologiya universiteti xodimi Tim Mayz.

“Agar faqat kerakli bo’lgan moddalardan zaruratga qarab foydalansak, yer osti suv tizimiga kamroq zararli ximikatlar, zaharli moddalar chiqadi”,- deydi olim.

Jimmi Messik GPSdan ekinni o’tash uchun ham foydalanadi. Mayda ish ko’p vaqt olar edi, deydi u, hozir juda oson.

“Qaysi moddani ishlatganim, qaysi birini endi ishlatish kerakligini ilgari bilish qiyin edi. Endi esa dalaga bir hafta yoki bir oydan keyin kelsangiz ham qaysi o’g’itdan foydalangansiz bilasiz”.

GPS texnologiyasi shu tariqa Amerika dehqonlarining jonu dili. Ayrimlar qancha hosil olganini ham mana shu texnologiya yordamida kuzatib borayapti.

“Dalaning hosildor qismi qaysisi, qayerda hosil kamroq ekanini bilasiz. Bu nimaga kerak? Yerni shunga qarab o’g’itlaysiz-da”.

O’g’it narxi ham, yonilg’i narxi ham oshib bormoqda. Oziq-ovqat mahsulotlariga talab ham katta. Eng muhimi - kamroq zaxira yordamida ko’proq hosil olish.

“Xarajatni kamaytirib, hosilni ko’paytirish imkonini beradigan texnologiyaga hamma muhtoj”.

Bu texnologiya yordamida ham mablag’ni tejaysiz, ham tabiatni asraysiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG