Breaking News

Qirg'iziston janubida ikki qishloq Amerika yordamida nurafshon bo'ladi


O'sh shahri
O'sh shahri


AQSh hukumati Qirg'iziston janubini obod qilishga ko'maklashib, ikki tuman ko'chalariga chiroqlar uchun mablag' bermoqda.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi Jalol-Obod viloyatining Barpi va O'sh viloyatining Furqat qishloqlariga 86 ming dollar yordam ajratgan. Furqat qishlog'i ko'chalariga yuzdan ortiq fonarlar osiladi. Mahalliy hokimiyat ulardan foydalanish va saqlashni bo'yniga oldi.

Jalol-Obod yaqinidagi Barpi qishlog'i uchun esa transformatorlar, elektr simlari va ko'plab simyog'ochlar sotib olinadi.

Bu loyihalar 2010-yil iyun voqealari paytida jiddiy zarar ko'rgan Furqat qishlog'ida jamoat tinchini ta'minlashni ko'zlaydi.

Elektr ta'minoti yaxshilansa, aholi orasida ziddiyat, tortishuvlar ham kamayadi, deya umid qiladi mutasaddilar.

Fuqaro ham yorug', charog'on ko'chalarda jinoyatlar bo'lmaydi, deya umidvor.

"Tunda hatto markaziy ko'chalarda yurishga qo'rqar edik", - deydi mahalliy universitet talabalari.

Shu kunlarda O'sh shahrida Amerika elchixonasi yordamida yana bir loyiha amalga oshirilmoqda. Markaziy ko'chalarda eski svetoforlar zamonaviy, raqamli svetoforlarga almashtirilmoqda. Proyektga salkam 300 ming dollar ajratilgan.

XS
SM
MD
LG