Breaking News

O’shda xo’roz urishtirish azaliy odat


O'sh
O'sh

Keyingi yillarda, turli alg’ov-dalg’ovliklar sabab, ota-bobolardan qolgan bu ko’ngilochar o’yin muxlislari kamroq to’plana boshlagan. Endi xo’roz janglari haftada ikki marta emas, balki oyda bir, ba’zan undan ham kamroq o’tkazilmoqda.

Mahalliy ishbilarmonlar ko’magida qurilgan maxsus maydondamiz. Xo’rozbozlar dakanglarini jangga tayyorlamoqda. Shaharning turli burchaklari va qo’shni tumanlardan kelgan tomoshabinlar “jangchilar”ning imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.

“O’zim yemasam, ichmasam ham jonivordan hech narsani ayamayman”, - deydi xo’roz egalaridan biri.

Musobaqalarga tayyorgarlik doimiy ravishda olib borilar ekan.

“Tong saharda xo’rozim bilan birga chopamiz, jismoniy quvvatimizni oshiramiz”, - deya davom etadi suhbatdosh.

Cho’qishuvlar oldidan dakanglarda jangchi ruhi uyg’otiladi. “Raund”lar orasidagi tanaffusda xuddi boksdagi kabi “jangchi”lar suv purkalib sovutiladi.

Bepul tomoshalar odatda mahalliy aholini jalb qiladi. Avvalllari bunday tadbirlarga qo’shni O’zbekiston, Tojikiston, hatto Qozog’iston xo’rozbozlari ham kelib turar ekan.

O’shliklar esa Xo’jand, Buxoro, Samarqandgacha borib turishgan. Hozirda o’zaro aloqalarga ancha putr yetgan. Bordi-keldi deyarli uzilib qolgan.

O’shlik xo’rozbozlar jangovar jonivorlarni xorijdan ham olib kelar ekan.

“Ayrim sharq mamalakatlarida xo’roz janglari milliy o’yin turi hisoblanib, katta-katta nufuzli maydonlarda o’tkaziladi”, - deydi o’shlik Sirojiddin ota.

“Albatta, o’yinlar bahslarsiz, garovlarsiz, pul tikishsiz o’tmaydi, ammo ot o’yinlarida ham bu narsa borku…”.

Oddiy odamlar nazarida ota-bobolardan qolgan azaliy o’yinlar yo’qolib ketmasligi kerak.

XS
SM
MD
LG