Breaking News

2023-yilda AQShda 42 mingdan oshiq odam o’lgan


AQShda qurol zo’ravonligi qurbonlarini hisob-kitob qiluvchi “Qurol zo’ravonligi arxivi” deb nomlanuvchi nodavlat tashkilotning bildirishicha, yil boshidan beri mamlakatda quroldan 42 mingdan ortiq odam o’lgan, ya’ni har kuni o’rtacha 118 kishi. Shulardan salkam 19 ming odam qotillik va ommaviy otishmalarda, taxminan 24 ming nafari esa o’z joniga qasd qilish natijasida hayotdan ko’z yumgan.

Xalqaro hayot - 28-dekabr, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:31 0:00

Qurbonlarning 1306 nafari o’smirlar, 276 tasi bolalar.

Eng ko’p o’lim hollari Texas, Kaliforniya, Florida, Shimoliy Karolina, Illinoys va Luiziana shtatlariga to’g’ri kelmoqda.

Tashkilot 1344 ta holatda o’limga politsiya bilan to’qnashuv sabab bo’lganiga e’tibor qaratadi. Joriy yilda otishmalarda 46 posbon halok bo’lgan.

2023-yilda 632 tadan ko’p ommaviy otishma ro’y bergan, ya’ni zo’ravonlikda to’rt yoki undan ko’p odam o’lgan.

Yilning eng yomon ommaviy otishmasi 25-oktabr kuni Men shtatining Lyuiston shahrida sodir bo’lgan. Shu kuni kamida 18 odam o’lgan, 13 kishi yaralangan.

O’tgan yili Amerika bo’ylab 44 mingdan ortiq odam quroldan o’lgan.

Qurolni cheklashga qaratilgan namoyishlar, harakatlar, Kongressdagi tinglovlar hozircha samara bermayapti. Qurol lobbisi AQShda qudratli va badavlat harakatlardan hisoblanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG