AQShda og’ir kasallikka chalingan bemorlar va qariyalar uchun maxsus maskanlar bor. Xospis deb ataluvchi bu dargohlar odamlarga nafaqat tibbiy, balki ruhiy yordam ham ko’rsatadi. Hayotining so’nggi lahzalarini imkon qadar maroqli o’tkazish uchun sharoit yaratib beriladi.
Fey Peyn umr yo’ldoshi Veyn bilan Virjiniya shtatida baxtli va taxtli hayot kechirdi.
O’pka saratoniga chalingach turmushi tubdan o’zgardi. Og’ir xastalik uni to’shakka mixlab qo’ydi.
Umri bo’yi mehnat qilib, tinim bilmagan ayol 70 yoshida kuchli muolajalardan o’tdi. Ozib ketdi, tinka-madori quridi.
“Radiatsiya. Kimyoviy terapiya... So’ngra yana bir tekshirishganida saraton tarqalgani aniqlandi. O’shanda men “yetar”, dedim”.
Shifokorlar tavsiyasi va yaqinlari maslahatlariga ko’ra, Fey xospis xizmatidan foydalana boshladi.
Hamshira Robin Jonson Fey uyiga tez-tez kelib turadi, unga qaraydi.
“Hamshira unga tibbiy yordam ko’rsatadi. Ijtimoiy masalalar bo’yicha xodimlarimiz esa ruhiy yordam beradi. Bu katta ahamiyatga ega,” - deydi u.
Xospis bemorlaridan biri esa “O’limdan qochib qutulmaysan kishi. Ular menga tayyorgarlik ko’rishda ko’maklashyapti. Men endi tayyorman,” - deydi.
Xospis oilaga ham ruhiy madad.
“Kelishadi, qon bosimini o’lchaydi, eshitish qobiliyatini tekshiradi. Dorilarini ichiradi. Ikkalamiz uchun bu katta yordam. Og’irimizni yengil qilyapti,” - deydi Vey turmush o'rtog'i.
Melissa Mills Virjiniyadagi “Rapidan” xospisi rahbari muovini. Shtat bo’ylab keng qamrovli xizmatni yo’lga qo’ygan.
“Maqsadimiz - bemorga ko’ngli xotirjam bo’lib hayotdan ko’q yumishda yordamlashish,” - deydi u.
74 yoshli Jim Sayksga bunday yondashuv ma’qul. U ikki yil avval bosh va tomoq saratoniga chalingan edi. Yetti oydan beri bu xospis uning xizmatida. Boriga shukur, deydi u.
“Yordamga muhtoj har bir odamga bu maskanga murojaat qilishni tavsiya qilaman. Hammasi muhayyo bo’ladi”.
Liza Stoun uning hamshirasi.
“Uyiga borganimda Jim bilan ko’p gaplashamiz. Dardini menga yozadi. Fotografiyaga qiziqqan. Shularni ko’ramiz. Fototerapiya deymiz”.
Erik Lindner ko’ngilli. 2009-yildan buyon xospisda qariya va bemorlarga qaraydi. Bu haqda kitob ham yozgan.
Amerika jamiyatida keksa yaqinlariga qarash odat emas. Xospis shu rolni bajaradi, deydi u.
“Xitoy, Afrika va ko’plab boshqa joylarda bo’lganman. U yerlarda qariyalarga oila a’zolari qaraydi. Bizda esa, afsuski, bunday odat yo’q. Xospislar aynan shu rolni bajaradi, deb o’ylayman,” - deydi Lindner.
Fey olayotgan yordam unga hayotining so’nggi kunlaridan bahramand bo’lish imkonini berdi.
Bu dunyoni tark etish vaqti kelganida, armonsiz ketaman, deydi ayol.
“1942-yil 16-iyul kuni tug’ilganman. Otam temir yo’li ishchisi edi. Tug’ilishimdan oldin, 1942-yilning 16-aprelida vafot etgan. Narigi dunyoda otamni ko’raman, degan umiddaman. Armonim yo’q. Qo’rquv ham yo’q”.