Breaking News

Liviyada AQSh fuqarosi otib ketildi


Ronni Smit ishlagan Bing'ozidagi xalqaro maktab
Ronni Smit ishlagan Bing'ozidagi xalqaro maktab
Liviyaning Bing’ozi shahrida amerikalik o’qituvchi o’ldirilgan. Rasmiylar bergan ma’lumotga ko’ra, noma’lum qurollangan shaxslar Bing’ozidagi xalqaro maktabda ishlovchi muallimni ko’chada otib ketgan.

33 yoshli Ronni Smit AQShning Texas shtatidan bo'lib, bir yarim yildan beri Bing’ozidagi Amerika ta’lim dasturiga asoslangan xalqaro maktabda kimyo fanidan dars berib kelayotgan edi.

Voqea uchun hozircha hech kim mas’uliyatni bo’yniga olgani yo’q. Unda shahardagi jangari islomiy guruhlarning qo’li bo’lishi mumkin.

AQSh Davlat departamenti Smitning o’limini tasdiqlagan.

Bing’ozidagi maktab Liviyada faoliyat yuritayotgan kam sonli xalqaro ta’lim maskanlaridan. O’tgan yili Amerika vakolatxonasi hujumga uchrab, elchi o'lganidan beri xavfsizlik nuqtai nazaridan bunday maktablarning aksariyati ishini to’xtatgan.

Muammar Qaddofiy hokimiyatdan ag’darilgandan beri mamlakat notinch. Qurollangan guruhlar Liviyada hanuz faol ekani aytiladi. Hukumat ularni nazorat ostiga olishda muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG