Breaking News

Tarixiy obidalar lazer kameralar yordamida restavratsiya qilinmoqda


Linkoln dala hovlisi
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:03:07 0:00

Linkoln dala hovlisi

Tarixiy imorat restavratsiyasi undagi barcha arxitektura elementlarini o’lchashdan boshlanadi. Eshik va derazalardan tortib zinapoya va mo’rilargacha – hammasi o’lchanib, nusxa olinib, yangisi yasaladi va eskisi o’rniga qo’yiladi. Aniq o’lcham olish uchun ilgari haftalab vaqt talab qilinardi. Bugun lazer kameralar bilan bu ishni atigi bir necha kunda bajarsa bo’ladi.

1842-yillar atrofida Neogotika uslubida qurilgan uy AQSh fuqarolar urushi paytida Prezident Avraam Linkolnning yozgi qarorgohi bo’lgan.

Xonalardan birida Linkoln Ozodlik bayonotiga imzo qo’ygan va bu bilan Amerikada quldorlikka barham berilgan.

Imorat, tabiiyki, tarixiy ahamiyatga ega. Shu sababdan Nyu-Yorkdagi Itaka kollejidan kelgan bir guruh mutaxassislar ikki hafta davomida lazer kamera bilan tom va devorlar, eshik va derazalarni tasvirga tushirdi.

Loyiha rahbari, fizika professori Maykl Rojers kameralar bir guruh ekspertlar ishini bajardi, deydi.

"Har bir xonani to’liq tasvirga tushirish uchun ikki burchagidan skanerdan o’tkazamiz. Tashqaridan ham shu. Binoni taxminan 12 nuqtadan o’lchab chiqish kerak bo’ladi”.

Kamera qayerda turganidan qat’i nazar bino uchun olingan koordinata tizimida o’lchamlar ayni bo’ladi. Kompyuter programmasi so’ngra bu ma’lumotlar yordamida uyning modelini yaratadi, ya’ni bir-biridan besh millimetrda joylashgan millionlab nuqtalardan tarkib topgan uch o’lchamlik tasvir. Unga istagan joydan, ham ichkari, ham tashqaridan qarash mumkin.

Tasvirni kichraytirib yoki kattalashtirib aniq o’lcham olsa bo’ladi. Loyihaga bosh-qosh Jeffri Larrining aytishicha, qadim obidalarni restavratsiya qilishda bu uslubdan yaxshisi yo’q.

“Istagan xonaga kirib, muayyan arxitektura elementini tanlaymiz. Vaqt o’tgan sari o’sha element qanchalik o’zgargani haqidagi barcha ma’lumot qo’limizda bo’ladi,” - tushuntiradi Larri.

Loyiha uchun mablag’ni Itaka kolleji ajratgan. Kamera narxi 95 ming dollar. Uning funksiyalarini hamon o’rganyapmiz, deydi professor Rojers.

“Qiziqarli jihati shundaki, bu kabi inshootda yangi texnologiyadan qanday foydalanishni o’rganyapmiz. Bu ishni qanday bajarsak, samarali bo’ladi? Bino ichida qanday harakatlanish kerak, barcha kerakli joylarni qanday skannerdan o’tkazish mumkin”.

Bu kabi detallashtirilgan tasvirlar ta’mirlash ishlariga qanchalik hissa qo’shadi, shunisi muhim, deydi mutaxassislar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG