Amerikalik olimlar o’pka donorlari sonini oshirish masalasida izlanish olib bormoqda. Ular olamdan o’tgan odamlarning o’pkasini keyinchalik bu organga muhtoj bemorlarga qo’yish maqsadida uni saqlash yo’llari ustida o’ylanmoqda.
Shimoliy Karolina universitetida doktor Tomas Igan boshchiligidagi ilmiy guruh izlanish olib bormoqda. O’pka odam o’limidan keyin ichida qolgan havo tufayli faoliyatini boshqa organlarga qaraganda uzoqroq vaqt saqlab turadi. Olimlar bu muddatni yanada uzaytirish yo’llarini izlamoqda.
“Shunda transplant o’pkalar sonini keskin ko’paytirish imkoni paydo bo’lar edi. Bugunda AQShda yiliga 1800 o’pka boshqa odam tanasiga o’rnatiladi. Bu raqamni 40 baravar, ya’ni yiliga 50 mingga ko’paytirishimiz mumkin,” - deydi doktor Igan.
Amerikada minglab odamlar yangi organ olaman, degan umid bilan yashaydi. Liza Bauman shundaylardan.
“Bir kun yengil nafas olib yashagan kunimni eslolmayman,” - deydi u.
Ammo to’satdan olamdan o’tgan odam organini olib boshqa tanaga ko’chirish oson emas. Donorlarning 80 foizida o’pka transplantatsiyaga yaramaydi.
Transplantatsiya uchun o’pkaning aksariyati kasalxonada hayotdan ko’z yumgan donorlardan olinsa-da, ko’p hollarda bu organ ventilyator va kasalxona sharoitidagi ayrim omillar sabab shikastlanishi mumkin. Doktor Iganning aytishicha, uyi yoki boshqa joyda to’satdan vafot etgan odamlarning o’pkasiga havo kiritilsa, bu organni jarrohlik xonasiga yetguncha saqlab qolib, transplant sifatida ishlatsa bo’ladi.
Bir guruh shifokorlar donordan olingan o’pka bilan ishlamoqda. Maxsus mashina yordamida o’pka ichiga havo va suyuqlik yuboriladi. Natijada bu organ hayotini uzaytirsa bo’ladi. Ayni vaqtda unda kasallik bor-yo’qligi ham aniqlanadi.
“Jarayonni bir necha bor qaytarish oqibatida o’pkani nafaqat transplantatsiya qilish uchun imkoniyat paydo bo’ladi, balki to’satdan vafot etgan odam o’pkasi olingach, uning ishini yaxshilashni ta’minlash mumkin,” - deydi doktor Igan.
Sinovdan o’tgan o’pkalar AQSh Salomatlik instituti tadqiqotida qatnashayotgan bemorlarga qo’yiladi.
Bauman noyob genetik kasallikka chalingani va o’pkasi ishdan chiqqanidan keyin, mana ikki yildirki, operatsiyaga navbatda turibdi. Menga mos donor topiladi deb umid qilaman, deydi bu ayol.
“Boshqalarga o’xshab bemalol nafas olishga nima yetsin! Bundan ortiq baxt bo’lishi mumkinmi!”
Transplantatsiya bo’yicha mutaxassislar dastur natijalarini orziqib kutmoqda.