AQSh rasmiylarining aytishicha, al-Qoida Amerikaga yo’l olayotgan samolyotni portlatmoqchi bo’lgan, biroq reja oldindan fosh qilingan.
Yamandan Qo’shma Shtatlarga uchishi kutilgan samolyotda yo’lovchilardan biri ich-kiyimiga portlovchi moslamani yashirgan.
Oq uyning bildirishicha, prezident Barak Obamaga bunday xuruj rejalanayotgani haqida apreldayoq xabar qilingan. Vaziyat diqqat bilan kuzatib borilgan. Jamoatchilik, yo’lovchilar tinchini ta’minlay oldik, deydi rasmiylar.
“Associated Press” axborot agentligi xabariga ko’ra, al-Qoida shu tariqa Osama bin Laden o’limining bir yilligini xotirlamoqchi bo’lgan.
2009-yilda Amsterdamdan Detroytga uchishi kerak bo’lgan samolyotda ham ayni moslama qo’llangan edi. Nigeriyalik shaxs Rojdestvo paytida xuruj sodir etmoqchi edi.