Breaking News

AQSh askarlari Polshada harbiy mashg'ulot o'tkazmoqda


Polshada harbiy mashg'ulot
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:33 0:00
Qrim va sharqiy Ukrainada vaziyat keskinlashgan bir paytda AQSh Polsha hamda Boltiq bo’yi mamlakatlariga 600 askar jo’natdi. Shimoli-g’arbiy Polshada AQSh va polyak askarlari birgalikda harbiy mashg’ulot o’tkazmoqda.
AQSh va Polsha askarlari birgalikda tashlandiq binoni qo’lga kiritish mashg’ulotida qatnashmoqda.

Polsha Iroq va Afg’oniston urushiga 2500 askarini jo’natgan. Bu yerda amerikalik harbiylar bilan tayyorgarlikdan o’tayotgan askarlar ham yuqori malakaga ega.

Kapitan Marchin Vilga bu haqda shunday deydi:

“Bizning standart faoliyat ko’rsatish qoidalarimiz deyarli bir xil. Qanday hamkorlik qilishni, vazifalarni bajarishni hamda qo’mondonlar bizning oldimizga qo’ygan maqsadlarga qanday erishishni yaxshi bilamiz”.

Bino va uning atrofi nazorat ostiga olingach, snayperlar o’rmonni qo’riqlaydi.
Qo’shni Ukrainadagi vaziyat yuzasidan xavotirlar oshgan bir paytda jurnalistlarga harbiy mashg’ulotlarni suratga olish ruxsati berildi.

Yaqin oradagi Svidvin shahri aholisi Rossiyaning bosqinchilik kayfiyatidan xavotirda.
Maktab o’quvchisi Paulina Kelbovska Polshada kommunizm qulaganidan beri qo’lga kiritilgan demokratiyaning boy berilishini istamaydi.

“To’g’ri, qo’rquv bor. Ammo hammasi yaxshi bo’ladi, deb umid qilaman”, - deydi u.

Stanislav Pyotrovich kabi keksa fuqarolar esa Rossiyaning urush boshlash niyatida ekaniga ishonmaydi, ammo AQSh askarlarining bu yerda bo’lishiga ham qarshi emas.

“Hammasi joyida ekaniga ishonch hosil qilgunimizcha ular shu yerda turgani ma’qul”, - deydi Pyotrovich.

Harbiy mashg’ulotlar bo’lib o’tayotgan hudud Rossiyadan ko’ra Germaniya chegarasiga yaqin.

Polsha NATOdan o’z hududiga 5000 askar kiritishini so’ragan edi. Ammo bu vaziyatning yanada keskinlashishiga hissa qo’shmasligi kerak, deydi Vashingtondagi Brukings instituti tahlilchisi Maykl Ohanlon.

“Bu davlatlarga kiritilayotgan harbiy qo’shinlar soni kichik va yengil qurollangan bo’lishi kerak”, - deydi u.

Ko’plab polshaliklar nazarida, Iroq va Afg’oniston urushlarida qatnashgani uchun AQSh Polshaga harbiy ko’mak orqali minnatdorlik izhor qilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG