AQSh sobiq senatori, demokrat Jim Vebb 2016-yilgi prezident saylovlarida qatnashmoqchi. U poygaga kirgan to'rtinchi demokrat nomzod.
2007-2013-yillarda Senatda Virjiniyadan xizmat qilgan Vebb Amerikaga ijobiy, qarashlari keng va ravshan bir rahbar kerak, dedi.
Vebb Vyetnam urushida jang qilgan faxriy. Amerikaning xorijdagi harbiy kampaniyalarini qo'llab-quvvatlab keladi.
Saylov kampaniyasi davomida u mudofaa, adliya sohasining islohoti, o'rta sinfning iqtisodiy ahvolini yaxshilash kabi mavzularni ko'tarmoqchi.
Demokratlardan shu paytgacha sobiq davlat kotibi Xillari Klinton, Vermont shtatidan senator Berni Sanders, Rod-Aylend gubernatori Linkoln Cheyfi, Merilend sobiq gubernatori Martin Omayli prezident poygalariga kirdi.